Meizu 15 Plus: musiqiy flagman sotuvga chiqmoqda

  •   Saroy
  •  815
  •  11.07.2018 11:19

Meizu 15 Plus: musiqiy flagman sotuvga chiqmoqda

Meizu 15 Plus kompaniya lineykasining eng asosiy flagmaniga aylandi. Qurilma katta 6-dyuymli AMOLED displeyga ega. Displeyning formati QHD, kamerasi  3-karra optik zum va «musiqiy» qurilmaga ega.

Smartfon korpusi yarqiroq qoplamali alyuminiydan yasalgan. Displey atrofidagi rom nisbatan kichik, lekin nafis va barmoq izlari skanerli  Home tugmasi tufayli yaqqol ajralib turadi.

O‘QING:Meizu M8 Note Samsung Exynos 9610 flagman chip bilan ta’minlanadi

Smartfon o‘tgan yilgi Samsung Exynos 8895 protsessori bilan ta’minlangan, ular  Galaxy S8 va  Note8 modellarida ham bor. Yana qo‘shimchasiga qurilma quloqchinda musiqa tinglash uchun  Cirrus Logic Smart audiochip bilan ta’minlandi. Qurilmada quloqchin uchun  3,5 mm uyiq joy ham ajratilgan.

Mazkur modelning ukasi Meizu 15 allaqachon sotuvga chiqarilgan, uning tavsifi biroz kamtarona, ammo narxi ham shunga yarasha arzon.

O‘QING:Ekspertlar eng foydali smartfonni aniqlashdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!