Meizu 16 smartfoni tayyor: taqdimot kuni rasman e’lon qilindi

  •   Saroy
  •  648
  •  21.07.2018 11:21

Meizu 16 smartfoni tayyor: taqdimot kuni rasman e’lon qilindi

Meizu kompaniyasi o‘zining yangi flagman smartfoni Meizu 16 taqdimot kunini rasman e’lon qildi.

Xitoylik ishlab chiqaruvchi shu haqda o‘zining forumida poster joylagan. Tasvirga qarab aytish mumkinki, yangi qurilma taqdimoti 8 avgust kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari,  unda smartfonning bir qismi ko‘rinib turibdi. Yangi apparat kengformatli qirqmasiz displey bilan ta’minlanadi, unda barmoq izlari skaneri ham bor.

O‘QING:Meizu 16, Meizu 16 Plus va Meizu X8 smartfonlarining narxi e’lon qilindi

Agar gap-so‘zlarga ishonadigan bo‘lsak, flagman ikki versiyada chiqadi: Meizu 16 va Meizu 16 Plus. Qimmat modeli 6,5 dyumli OLED-displeyga ega bo‘ladi, uning tomonlar nisbati 18:9. Apparatning protsessori Snapdragon 845 bo‘lib, 12 Mp bo‘lgan qo‘sh kameraga ega, NFC-moduli bilan ham ta’minlanishi mumkin. O‘z navbatida, oddiy Meizu 16 smartfonida  kichikroq ekran bo‘ladi, ammo unda ham o‘shanday  matritsa va Snapdragon 710 chipi bor. Bundan tashqari ikkala qurilma ham quloqchin uchun maxsus tirqishga ega.

Taxmin qilinishicha, yangi qurilmalarning savdosi anons bo‘lib o‘tgandan keyin tez orada boshlanadi.  CEO Djeka Vong (Jack Wong) ning so‘zlariga qaraganda, yangi qurilmalarning narxi 250-450 dollar atrofida bo‘ladi. Uning yaqin raqobatchilari, deb  Xiaomi Mi 8 SE  va Mi 8 Explorer Edition smartfonlari tilga olinmoqda.

O‘QING:Meizu 16 smartfonida olingan surat namunasi tarmoqlarda namoyish etildi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!