Meizu 16X: «Ertaga ko‘rishamiz!»

  •   DiMaX
  •  924
  •  11.09.2018 18:31

Meizu 16X: «Ertaga ko‘rishamiz!»

Keyingi paytlarda turli modellardagi mobil qurilmalar taqdimotlari bilan ancha faollashib qolgan Meizu kompaniyasi bugun – 11 sentyabr kuni antiqa e’lon chiqardi. Ya’ni, Weibo ijtimoiy tarmog‘ida sirli reklama tizerini chop etdi.

O‘QING: To‘liq tavsifi berildi: MEIZU 16 eng tezkor Android-smartfon

Xitoylik kompaniyaning reklama tasviri markazida 16 dona mayda va orqa fonida bitta yirik X harfi bor. Mayda X harflari ostida esa «See you tomorrow», ya’ni «Ertaga ko‘rishamiz» yozuvi mavjud.

Bu yerdagi 16 dona mayda bitta yirik X harflari kompaniyaning uzoq kutilgan smartfoni – Meizu 16X modeliga ishora ekani aniq. Bu – ishlab chiqaruvchining joriy flagmani, sentyabrdagi eng tezkor Android-smartfonlar reytingida birdaniga ikkinchi o‘rinni egallagan Meizu 16’ning hamyonbop talqini bo‘lishi aytilgan.

O‘QING: To‘liq tavsifi berildi: MEIZU 16 eng tezkor Android-smartfon

Faqat kuzatuvchilarni bir jihat shubhaga solib turibdi: ertaga Meizu 16X taqdimoti o‘tkaziladimi, yoki shunchaki uning qachon namoyish etilishi aytiladimi? Zero, keyingi paytlarda shunday qilish ham tendensiyaga aylanib bormoqda.

Meizu 16X modeli olti dyuymlik, «kemtik»siz Super AMOLED-ekranga hamda Snapdragon 710 protsessoriga ega bo‘lishi ma’lum. Tezkor va doimiy xotirasining hajmi tegishlicha 6/64 gigabaytga teng. Korpusining qalinligi 7,5 millimetrni, vazni esa 154 grammni tashkil etadi. Xuddi flagman modeldagi kabi, u ham stereodinamiklarga, displeydagi barmoq izi skaneriga va kuchli kameralarga ega bo‘ladi.

Aytish kerakki, Meizu kompaniyasining bir qator smartfonlari o‘zimizning Terashop.uz onlayn do‘konimizda ham rasman savdoga qo‘yilgan. Ular bilan tanishish, asosiy xususiyatlarini ko‘rish va orasidan o‘zingizga ma’qulini tanlash, O‘zbekistonning istalgan yeridan onlayn xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Meizu 16X: anchayin soddalashtirilgan Xitoy smartfonining siri ochildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.