Meizu ertagayoq «dunyodagi ilk tirqishsiz smartfon»ni taqdim etyapti!

  •   DiMaX
  •  1093
  •  22.01.2019 11:33

Meizu ertagayoq «dunyodagi ilk tirqishsiz smartfon»ni taqdim etyapti!

Xitoylik smartfonsoz Meizu kompaniyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida antiqa tizer suratini e’lon qildi. U «o‘ta maxfiy» – «top secret» uslubida ishlangan.

O‘QING: Meizu g‘alati e’lon tarqatdi: yangi smartfon taqdimotimi?

Gap shundaki, jumlaning birinchi qismi – «dunyodagi ilk» so‘zi ochiq, davomi esa maxfiylashtirilgan.

Shunga qaramay, uni o‘rgangan mutaxassislar yashirilgan matnni ham o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi: «tirqishsiz smartfon».

Aftidan, bu yerda «tirqishsiz» deganda ekrandagi «teshik» va «kemtik»lar nazarda tutilmoqda. Nima bo‘lganda ham, yangi smartfonning taqdimoti ertaga – 23 yanvardayoq bo‘lib o‘tadi va shunda barchasiga oydinlik kiritiladi. Zero, Weibo’dagi ushbu tizerga qo‘shimcha qilingan yozuvni quyidagicha o‘girish mumkin: «Haqiqiy texnologiyalarni ko‘rsatish vaqti keldi, ertaga ko‘rishguncha».

Darvoqe, xitoyliklar allaqachon korpusida umuman birortayam tugmacha va port – «tirqish» bo‘lmagan smartfon ham tayyorlashgan va taqdimot kunini e’lon qilishgan...

O‘QING: Vivo Apex 2019 – umuman tirqishsiz va tugmachasiz smartfonni ilk suratlarda ko‘ramiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!