Meizu ham buklama smartfon tayyorlayapti – u betakror konstruksiyaga ega!

  •   DiMaX
  •  654
  •  27.12.2018 14:56

Meizu ham buklama smartfon tayyorlayapti – u betakror konstruksiyaga ega!

Keyingi bir yil mobaynida qayishqoq ekranli buklama mobil qurilma yaratish borasida ko‘plab smartfonsozlar poyga o‘ynashmoqda. Ushbu maydonga yana bitta xitoylik kompaniya – Meizu ham kirib kelmoqda.

O‘QING: Galaxy F buklama smartfoni tannarxini Galaxy S9+ hamda iPhone XS Max’niki bilan solishtiramiz!

Xitoy Intellektual mulk milliy boshqarmasi o‘z saytida Meizu’ning buklama smartfoni patentini e’lon qildi. Unda tavsiflangan qurilma «Foldable Terminal and Support Pad» deb nomlangan. Shunga ko‘ra, bu bukiluvchi terminal (smartfon) bo‘lib, maxsus tirkama maydonchasi ekranni ushlab turadi va yopilgan holatida shikastlanishdan asraydi.

Ushbu maydoncha ma’lum darajada siqila oladi va shuning evaziga yig‘ilgan holatdagi smartfonning tashqi ekraniga bo‘ladigan bosimni neytrallashtiradi. To‘g‘ri, bularning barchasi qanday ishlashini hozir aniq tasavvur qila olmaymiz, bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda savdoga qo‘yilgan Meizu’ning turli rusumlardagi smartfonlari kuni kecha arzonlashdi! Endi ularni 750 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda xarid qilish mumkin!

O‘QING: Xiaomi Redmi’lar «kushanda»si – Face ID va romsiz ekranli, hamyonbop Meizu C9 endi O‘zbekiston bozorida!