Meizu M8 (M6T) smartfonining jonli fotosi: uch xil rangda

  •   Saroy
  •  786
  •  26.05.2018 11:09

Meizu M8 (M6T) smartfonining jonli fotosi: uch xil rangda

Rost, avval arzon Meizu M8 smartfonining tilla rangdagisini TENAA ma’lumotlar bazasida ko‘rgandik. Endi esa, Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida uning boshqa rangdagilari ham paydo bo‘ldi.

Demak,  tillarangdan tashqari, gadjetning yana kamida uch xil rangdagisi: qora hamda old paneli qora va ko‘k bo‘lgan qizil variantlarini ko‘ramiz. Oxirgisi ancha jozibali chiqqan, xuddi Microsoft noutbuklaridagi voylok yoki alkantaraga o‘xshab ketadi.

O‘QING: Meizu M6 Note: Yurtimizda yaxshi sotilayotgan ilg‘or hamyonbop smartfon!

Meizu M8, bizga Meizu M6T va Meilan 6T sifatida ham yaxshi tanish. U tomonlar nisbati 18 ga 9 bo‘lgan, HD+ 1440x720 piksel formatidagi  5.7-dyuymli displeyga ega. Operatsion tizimi tezligini sakkizyadroli protsessor ta’minlaydi. Protsessorning chastotasi 1.5 GGs. Xitoyliklarning ma’lum qilishicha, qurilmaning tezkor xotirasi  2 dan 4 gigabaytgacha, ichki xotirasi esa, 16 dan 64 gigabaytgacha bo‘ladi.

Yangi gadjetning asosiy qo‘sh kamerasi 13+2 megapikselda ishlaydi. Old kamerasi 8-megapikselli. Akkumulyator sig‘imi 3230 mAch.

O‘QING: National Geographic uchun Meizu 15'da surat olindi

Meizu M8’ning ilk taqdimoti 29 mayda Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, smartfonning dastlabki narxi 150 dollar yoki shu atrofda bo‘ladi. Shuningdek, yaqin kunlarda kompaniya oddiy Meizu M8c modelini ham savdoga chiqaradi, bundan tashqari, kompaniya joriy yilda yana bir juda arzon smartfon –  Android Go’da ishlaydigan Meizu M8c life’ni ham chiqarishni mo‘ljallamoqda.