Meizu’ning hali rasman taqdim etilmagan yangi turkum smartfonlari do‘konlarga allaqachon yetib borgan!

  •   DiMaX
  •  1060
  •  14.05.2018 14:36

Meizu’ning hali rasman taqdim etilmagan yangi turkum smartfonlari do‘konlarga allaqachon yetib borgan!

Xitoyning taniqli smartfonsozlaridan hisoblangan Meizu kompaniyasi yaqinda o‘zining yubiley smartfonlari turkumini namoyish etgandi. Shuningdek, uning keyingi – Meizu 16 flagmanlari ham taqdimotga tayyor bo‘lib qolgan.

O‘QING: Meizu’ning navbatdagi flagmani surati internetga chiqdi

Bulardan tashqari, ushbu ishlab chiqaruvchi M turkumidagi smartfonlarining sakkizinchi avlodini tayyorlab ulguribdi. Kompaniyaning Ispaniyadagi bo‘limi o‘zining Twitter-akkaunti orqali xabar berishicha, ularning ofisiga allaqachon Meizu M8 turkumi modellari yetib borgan. Afsuski, ushbu tvit tezda o‘chirilgan, ammo uning skrinshoti internetda tarqalib ulgurgan:

Kuzatuvchilarning fikricha, ushbu turkumga Blue Charm turkumiga mansub qurilmalar – Meizu M8 Note, M8, M8s, M8c hamda M8c Lite modellari kiradi.

Shuningdek, Ispaniyadagi ofis vakillari o‘zlariga smartfonlarning qanaqa partiyasi (sotish uchunmi yoki sinov modellarimi) yetib kelganini ham ma’lum qilishmagan. Ammo ular mazkur modellar yaqin orada savdoga chiqarilishini aytishgan.

Balki, yaqindan beri o‘zimizda ham rasmiy kafolat bilan sotila boshlagan ushbu brendning yangi smartfonlari tez orada rasman taqdim etilar.

O‘QING: Xushxabar: Meizu’ning nafaqat rasmiy do‘koni, balki servis markazi ham ochilyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!