Meizu Pro 6 suratlari va u haqdagi ayrim ma’lumotlar e’lon qilindi

Meizu Pro 6 suratlari va u haqdagi ayrim ma’lumotlar e’lon qilindi

So‘nggi bir necha kun ichida bo‘lg‘usi Meizu Pro 6 flagmani haqida ko‘plab ma’lumotlar oshkor bo‘ldi. Ko‘pchilik smartfon 10 yadroli kuchli MediaTek Helio X25 (Helio X20 ning yaxshilangan talqini) protsessori bilan ta’minlanishi haqida xabardor bo‘lib, uning qobig‘i (korpusi) tasvirlarini ham ko‘rib ulgurdi. Internet esa u haqdagi yangi tafsilotlar taqdimotini davom ettirmoqda. Xususan, tarmoqda uning yangi suratlari e’lon qilindi.

Renderlar smartfonning dizayni Pro 5 dan uncha katta farq qilmasligidan dalolat bermoqda. Ayniqsa, uning old paneli deyarli o‘zgarishlarsiz qolgan: yupqa hoshiyali ekran, sensorlar tuzilishining o‘xshashligi va barmoq izi skaneri joylashtiriladigan odatiy ekranosti tugmasi. Orqa tomonida o‘zgarishlar ko‘proq: tasvirlar korpusning pastki qismida antenna uchun plastik qoplama mavjudligini tasdiqlamoqda.

Hozircha smartfonga 2,5 GGs chastotali yuqorida aytib o‘tilgan MediaTek Helio X25 protsessori va FullHD ekran o‘rnatilishi rasman tasdiqlangan. Qolganlar ma’lumotlar esa faqatgina gap-so‘zlar darajasida: smartfon 5,5 dyuym diagonalli ekran, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy ichki xotira (6/128 Gb talqini ham bo‘lishi mumkin), 21 Mp (albatta Sony modulida) asosiy kamera hamda barmoq bilan bosishga sezuvchan displey bilan ta’minlanadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.