Meizu yoki Xiaomi: qaysi biri zo‘r?

  •   Saroy
  •  4041
  •  27.08.2018 15:59

Meizu yoki Xiaomi: qaysi biri zo‘r?

Meizu yoki Xiaomi» —  «Mercedes-Benz yoki  BMW», «Apple yoki Google», «Pepsi yoki Coca-Cola» kabi bahs uchun yana bir tugamaydigan mavzu. Demak, bu savolga  uzil-kesil to‘g‘ri javobning o‘zi yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Smartfonlarning tashqi ko‘rinishini va qobig‘ini solishtirishdan ma’ni yo‘q. Ekran sifati, kamerada va avtonomligida, hatto, narxida ham o‘xshashliklar ko‘p. Ammo shunday jihatlari borki, ularni solishtirsangiz Meizu Xiaomi’dan o‘tib ketganini ko‘rasiz va boshqa tomondan Xiaomi Meizu’dan zo‘rligiga guvoh bo‘lasiz.

Meizu’ning ustunliklari

mBack tugmachasi. U sensorli-mexanik: asosiy ekranga tegsangiz bir qadam orqaga qaytadi. Ishga tushirilgan dasturlar ekran bo‘yicha pastdan yuqoriga yoki o‘ngdan chapga svayp bilan chaqiriladi.

mBack’ning Xiaomi’dagi uchta sinsorli  (yoki ikkita sensor va bitta mexanik) tugmachadan asosiy ustunligi shundaki, undagi displey ostidagi qo‘shimcha bo‘sh joyning borligidir. Albom yo‘nalishida telefon “Nazad” tugmachani adashib bosib yuborishdan yoki dispetcher topshiriqni ishga tushirishdan qo‘rqmaydi. Bu video ko‘rishda yoki o‘yin o‘ynashda juda qulaydir.

O‘QING:Smartfonlar jangi: Xiaomi Redmi 3s Meizu M3s mini’ga qarshi

Ovoz. 2007 yilgacha Meizu faqat audiopleyerlarga ixtisoslashtirilgan edi va bu kompaniyaning yagona yo‘nalishi hisoblanardi. Vaqt o‘tishi bilan xitoyliklar smartfonlarda orttirilgan tajribalarni amalda qo‘llay boshladi. Pro seriyasidagi  qurilmalarning «audiofilli» telefonlarga qaraganda ajralib turadigan asosiy o‘ziga xosligi diskret SAP, ya’ni nihoyalangan audiotraktidir.

Misol tariqasida  Xiaomi Mi4  va Meizu Pro 5 smartfonlarini taqqoslab ko‘ramiz. Ikkala smartfon ham bir xil SAP ES9018K2M bilan ta’minlangan, lekin shu bilan birga, Pro 5 Solo sxemasi va Rubycon plenochli kondensatori bilan AD45275 kuchaytirgichida jihozlangan. Aynan mo‘ljalli yondashuv Pro-lineykasini yaxshi ovoz ixlosmandlari uchun yanada jozibador qiladi.

O‘QING:Hammasi Meizu haqida: pleyerdan smartfongacha

Yangilik yaratishga intilish. 2008–2012 yillar namunasidagi Meizu Xitoyning Apple’dan ilhom olish natijasida ishlab chiqarilgan xos qurilmasi edi.  Natija nima bo‘ldi, albatta davomli sudlar. Vaqt o‘tgan sayin Meizu mustaqil bo‘la boshladi, yuqori brendlardan ochiqchasiga ko‘chirishni to‘xtatdi, smartfonlari esa hatto o‘ziga xos dizaynga ega bo‘lib, bu Meizu ekanini biladigan  bo‘lishdi.

Pro   7 modelining alohida ko‘rsatib o‘tadigan jihati orqa paneldagi qo‘shimcha AMOLED ekraniga egaligidir. Bu bozor uchun yangilik edi. Ishlab chiqaruvchida g‘oya paydo bo‘ldi va u qo‘rqmay g‘oyani amaliyotga joriy etdi. Ishonch bilan aytish mumkinki, eksprementlardan qo‘rqmaslik kompaniyaning ulg‘ayib, balog‘atga yetganidan dalolatdir.  Meizu bundan keyin ham shu yo‘nalishda davom etadi, deb bemalol aytsak bo‘ladi.

Endi Xiaomi’ning ustunliklari haqida ikki og‘iz so‘z

Adreno grafikasi. Arzon  MediaTek chipi bilan Qualcomm chipi o‘rtasida farq qolmaganiga ancha bo‘ldi. Hatto ikkala kompaniyaning flagmanchasiga yechimi ham bir-biriga o‘xshash texnologik jarayon hisoblanadi  — 10 chi. Ammo grafika bo‘yicha hamon Qualcomm zo‘rroq. Masalan, Snapdragon 835 (Xiaomi Mi 6) dagi GPU Adreno 540’ning ish samaradorligi   Helio X30 dagi (Meizu Pro 7 Plus) PowerVR 7400XT MP4 dan qariyib ikki barobar ko‘p. Meizu’da SoC Qualcomm’da ishlaydigan atigi bitta smartfon bor, u ham bo‘lsa M6 Note. Qurilmaning ishlashini 8 yadroli,  Adreno 506 grafikali Snapdragon 625 nazorat qiladi. Gap-so‘zlarga qaraganda, ishlab chiqaruvchi tez orada Exynos 7000-seriyasidagi chiplarda ishlaydigan arzon va o‘rta narx segmentidagi smartfonlarini ham chiqara boshlaydi, biroq hozircha Meizu’ning asosiy platformasi, bu  MediaTek bo‘lib qolmoqda.

O‘QING:Kutilayotgan Xiaomi Mi 6’ning bahosi ma’lum bo‘ldi

Kastomli proshivka. Android fanatlarining fikricha,  sevimli operatsion tizimining iOS’dan asosiy ustun jihati kostomlashtirishning katta imkoniyati mavjudligidir. Xiaomi fanatlari ham Meizu smartfonlariga nisbatan xuddi shuning aksini aytishi mumkin. Gap shundaki, Meizu telefonlarida yuklagichni amalda umuman razblokirovka qilib bo‘lmaydi, Shu bois kostom proshivkasi oz, o‘rnatish jarayoni esa murakkab.  

O‘QING:Xiaomi “Mi6” flagmani fotosi va narxini e’lon qildi

Kelgusidagi global ekotizim.  Xiaomi’ning subbrendi MiJia bo‘limi qariyb 100 ta startap uchun qurilmalar yaratish bilan ovora. Xitoyliklar uni faxr bilan «ekotizim», deb atashmoqda. Ammo muammo shundaki, qariyb barcha gadjet alohida dastur orqali qo‘shiladi. Proshivkaga o‘rnatilgan yagona ilova esa ushbu toifa uchun muhim ekotizim hisoblanadi.

O‘QING:Kuchli protsessor va kamerali Xiaomi Mi 6 taqdim qilindi!

Shunga yarasha Xiaomi muhandislari ushbu o‘zaro mutonasiblikni qanday yo‘lga qo‘yishni yaxshi biladi: komponiya telefonlarida dastlabki holatiga ko‘ra audioprofili har bir Mi modelidagi quloqchinga o‘rnatiladi. Kelgusida bunday bog‘liqlikni  subbrend  MiJia qurilmalarida ham ko‘rsak ajab emas. Agar shunday bo‘lsa, Xiaomi’da ham haqiqiy ma’noda global ekotizim yuzaga keladi, deb bemalol aytsak bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.