Messenjerlar davri keldi: SMS va qo‘ng‘iroqlar o‘tmishga aylanadi

  •   Saroy
  •  631
  •  19.09.2018 09:58

Messenjerlar davri keldi: SMS va qo‘ng‘iroqlar o‘tmishga aylanadi

Deloitte kompaniyasi Rossiya smartfonlar bozorini tahlil qilib ko‘rishdi. Natija shuni ko‘rsatdiki, smartfonlarning eng ommalashgan funksiyasi messenjerlar ekan. Ushbu funksiyadan 93 foiz qurilma egalari foydalanishmoqda. Ya’ni ular bir-biri bilan ko‘proq internet orqali xabarlashmoqda. Aloqaning an’anaviy vositalari bo‘lmish, qo‘ng‘iroqlar yoki SMS-xabarlar endi tarixga aylanadi, chamasi. Amma ushbu trend faqat rossiyaliklarga xos emas, albatta. Hozir bu holat dunyoning boshqa mintaqalarida ham kuzatilmoqda.

Qolaversa, tadqiqotchilar eng ommalashgan messenjerlarni ham aniqlashdi. Masalan, Rossiyada o‘rnatib olish soni bo‘yicha WhatsApp  hammadan oldinda bormoqda. Uning hissasiga barcha smartfonlarning 69 foizi to‘g‘ri kelgan. Ikkinchi o‘rinda 57 foizlik ko‘rsatkich bilan  Viber va uchinchi o‘rinda 45 foiz bilan Skype, ammo ushbu messenjer ulushini asta-sekin yo‘qotmoqda.

O‘QING:Messenjerlar foydalanuvchilari uzoq kutgan muhim funksiya birinchi bo‘lib Skype’ga joriy etildi!

Rossiyaliklar orasida  qo‘ng‘iroqlarni internet orqali amalga oshirayotgan foydalanuvchilar soni ham ko‘payib bormoqda. Lekin bu usul bilan qo‘ng‘iroq qilish hali ham an’anaviy aloqa vositalarining o‘rnini to‘liq egallab ololgani yo‘q. Ammo SMS-xabarlar o‘z o‘rnini sezilarli darajada tez yo‘qotmoqda. Bir yilda atigi 39 foiz foydalanuvchilar undan foydalanishgan, deb xabar qiladi  «RIA Novosti» agentligi.

O‘QING:Eng jiddiy himoyalangan messenjerlar nomi ma’lum qilindi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.