Mi 11 Lite 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Mi 11 Lite 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bu yil Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 10 seriyalarini taqdim etdi. Ortidan Poco X3 va F3 smartfonlari ham sotuvga chiqishni boshladi. Endi esa xitoylik kompaniya Mi 11 Lite va Mi 11 Lite 5G modellarini taqdim etdi. Quyida Mi 11 Lite 5G smartfoni haqida so‘z yuritamiz.

O‘QING: Xiaomi Poco F3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Mi 11 Lite 5G - flagman Mi 11'ning Lite talqinidir. Ikkala smartfon bir xil dizayn hamda HRR OLED displeyiga ega.

Mi 11 Lite 5G'ning ekrani Mi 11'nikidan farqli o‘laroq, qayrilmagan va ekran yangilanish chastotasi 90Hz ni tashkil qiladi. Smartfon Snapdragon 780G chipi bilan jihozlangan bo‘lib, buning unumdorligi Mi 11 ichiga o‘rnatilgan Snapdragon 888 chipiga qaraganda bir muncha past.

Kamera haqida so‘z borar ekan, Mi 11 108MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kameralariga ega bo‘lsa, Mi 11 Lite 5G 64MP asosiy  va 8MP ultrakeng kameralariga ega. Ko‘rinib turganidek, Mi 11 Lite 5G'ning texnik jihatlari Mi 11'dagidek kuchli emas. Biroq ushbu smartfon Mi 11'dan ikki baravar arzon.

Mi 11 Lite 5G smartfoniga 6.55 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, 10-bitli ranglar, 90Hz ekran yangilanish chastotasi va HDR10+ ni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon Snapdragon 780G 5G chipi bilan ishlaydi. Qurilma akkumulyator sig‘imi 4,250 mAs ni tashkil qiladi.

Mi 11 Lite 5G flagman Mi 11 kabi stereo karnay va tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega. Smartfonda suvdan himoya darajasi mavjud emas.

Mi 11 Lite'ning 4G talqini ham bo‘lib, uning narxi 5G talqiniga qaraganda arzonroq. Ushbu smartfon Snapdragon 732G chipi bilan ishlaydi.

Xiaomi Mi 11 Lite 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 160.5x75.7x6.8 mm, 159 g; old shisha (Gorilla Glass 6), orqa panel shisha.

> Displey: 6.55 dyuymli AMOLED ekran, HDR10+, 90H ekran yangilanish chastotasi, 240Hz ekran sezgirligi darajasi, 800 nit yorqinlik, 1080x2400p rezolyutsiya, 402ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM7350-AB Snapdragon 780G (5 nm): sakkiz yadroli (1x2.4 GHz Kryo 670 & 3x2.2 GHz Kryo 670 & 4x1.90 GHz Kryo 670); Adreno 642.

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB; UFS 2.2; microSDXC sloti.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.

> Kamera:Asosiy: 64MP, f/1.8, 26 mm, 1/1.97“, 0.7µm, PDAF; •Ultrakeng: 8MP, f/2.2, 119°, 1/4.0, 1.12µm; •Makro: 5MP f/2.4, AF.

> Selfi kamera: 20MP, f/2.2, 27 mm, 1/3.4“, 0.8µm.

> Video yozuv:Asosiy kamera: [email protected] kadr/sek., [email protected]/60/120 kadr/sek.; giro-EIS; •Selfi kamera: [email protected]/60 kadr/sek., [email protected] kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,250 mAs; 33 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, QuickCharge 4+.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port; NFC.

Qurilmaning eng e’tiborli tomoni undan 3.5 mm audio jek va FM radio olib tashlangan. Smartfon qutisidan audio jek uchun adapter o‘rin olgan.

Qadoq tarkibi

Xiaomi Mi 11 Lite 5G oq qutida sotiladi. Qurilmaning qadog‘idan 33 vatt quvvatlash adapteri, USB-A ga USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan.

Smartfonda audio jek mavjud bo‘lmaganligi sabab, 3.5 mm ga USB-C adapteri ham qurilma qutisidan joy olgan.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.