Mi 6 flagmani 1,2 mln so‘mga arzonlashdi

Mi 6 flagmani 1,2 mln so‘mga arzonlashdi

2017 yilning aprelida taqdim qilingan hamda yozidan boshlab yurtimizda sotila boshlagan Xiaomi Mi 6 kuchli flagman, ilg‘or kamerafon sifatida barchaga yaxshi tanish. Bir yil avval bu flagmanning quyi talqini, ya’ni 4 Gb tezkor hamda 64 Gb doimiy xotira talqini yurtimiz bozorida 500 AQSh dollaridan sotilayotgan edi. Bugunda esa uni 2,788,000 so‘m (340 AQSh dollari) dan boshlab xarid qilish mumkin.

Xiaomi Mi 6 o‘z korpusida hozircha jahonning eng ilg‘or protsessoriga, shuningdek qo‘sh ob’yektivli bosh kameraga egaligi bilan maqtana oladi. Galaxy S7 kabi uning korpus hoshiyalarini o‘rab olgan po‘lat metalli hamda qayrilma shakldagi displey shishasi mos tarzda uyg‘unlashib ketgan.

Xiaomi Mi 6 zanglamaydigan po‘lat korpusga ega. Korpusning old va orqa panellari qayrilma himoya shishasi bilan qoplangan.


Xiaomi Mi 6 smartfoni 5,15 dyuymli Full HD sig‘imli displey bilan ta’minlangan. Uni ishlab chiqarishda jiddiy yondashilgani sezilib turibdi. Ekranning NTSC rang makonidagi ranglar qamrovi 94,4 foizni tashkil qiladi.

Samsung Galaxy S8 hamda Sony XZ Xperia Premium’dan so‘ng Mi 6 ham 2.45 gigagers chastotata tezligida ishlaydigan Snapdragon 835 protsessori, Adreno 540 grafik-tasvirni qayta ishlashga mas’ul video-karta bilan ta’minlandi.

Xiaomi Mi 6 ma’lumotlarni 10 nanometrli texnologiya asosida qayta ishlashga mo‘ljallangan jahondagi ilk tijorat mobil protsessoriga ega. Natijada, smartfon o‘zining shu chipga ega boshqa raqibalirga qaraganda 35% kamroq yeydi va quvvat tejash samaradorligi 25% yuqori.

O‘qing: Xiaomi Mi 6: kuchli flagman yarim narxida

Qolaversa, yana bir o‘ziga xos jihat — flagmanda X16 LTE mobil aloqa modemi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida sekundiga 1 Gbit.gacha ma’lumotni yuklash mumkin.

3350 mA soatli akkumulyator smartfondan bir ish kuni mobaynida tinimsiz foydalanish imkonini beradi. Boisi, nafaqat apparat ta’minot platformasi, shuningdek MIUI operatsion tizimidagi dasturiy ta’minot tizimi ham smartfonning quvvatini tejashiga yordam beradi.

Yangi smartfon qo‘sh modulli bosh kameraga ega — 12 Mp keng burchakli hamda 12 Mp «telefoto» linzali modullar. Bosh kamera iPhone 7 Plus’ning jihatlariga ega. Bu modullar manzarani professional effektlar bilan muhrlash imkonini beradi.

O‘qing: iPhone 8 va iPhone 8 Plus: Jahonning birinchi raqamli smartfonlari

Bosh kamera tasvirni o‘ta yuqori bo‘lgan 4K formatda yozib oladi. Xiaomi Mi 6 korpusning quyi va tom qismida qo‘sh, ya’ni stereo dinamiklarga ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!