Mi 8’ning AnTuTu testidagi shubhali rekordi: Xiaomi bunga qanday erishgan?

  •   DiMaX
  •  2174
  •  14.06.2018 12:42

Mi 8’ning AnTuTu testidagi shubhali rekordi: Xiaomi bunga qanday erishgan?

Joriy yilning 31 may kuni o‘tkazilgan maxsus matbuot anjumanida Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi smartfonlarini taqdim etdi. Ushbu turkumga Mi 8, Mi 8 Explorer Edition (Plus talqini) flagmanlari hamda o‘rta imkoniyatli Mi 8 SE modellari kiradi.

O‘QING: Mi 8 taqdim qilindi: narx borasida kompaniya va’dasida turdi!

Yangi rekordmi?

Bevosita taqdimot marosimining o‘zidayoq ko‘rsatilgan slaydga ishonadigan bo‘lsak, AnTuTu benchmarkidagi imtihonda Mi 8 modeli maksimal darajada – 301 472 ball olgan. Shuningdek, 9 iyun kuni Xiaomi bosh direktori o‘zining Weibo sahifasida e’lon qilgan skrinshotda ham shunday natija aks etgan.

Ley Szyun bu suratga izoh tarzida yozishicha, Xiaomi Mi 8 – ayni damda dunyodagi eng kuchli smartfon emish.

Unchalik emasdir-ov?

Lekin Syaomishka nashri AnTuTu Benchmark v.7.0.9. talqinida o‘tkazgan mustaqil sinovda 6 gigabaytlik tezkor xotiraga ega Mi 8 bundan ancha past – 270 016 ballik natija ko‘rsatgan.

Xo‘sh, unda bosh direktor Ley Szyun o‘z smartfonida bunchalik yuksak natijaga qanday erishgan?

Aytish kerakki, AnTuTu testida 300 ming balldan yuqori natija – smartfonlarning samaradorligida butkul yangi bosqichdir. Ayni damda bunga o‘xshash ko‘rsatkichlarga faqatgina geymerlar uchun maxsus ishlangan ASUS ROG Phone qurilmasi erisha olgan.

O‘QING: Eng qudratli Android-smartfon aniqlandi – u yetakchi kompaniyalarga tegishli emas!

Gap tezkor xotiradamikan?

Aftidan, Szyun tomonidan ko‘rsatilgan skrinshot Mi 8 flagmanining 8 gigabayt tezkor xotirali versiyasiga tegishli bo‘lsa kerak. Bunchalik yuqori natijaning yana bir sababi – AnTuTu Benchmark ilovasining o‘zida bo‘lishi ham taxmin qilinmoqda. Uning oxirgi talqinlari, jumladan, v.7.0.9 versiyasi ham natijalarni hisoblashning yanada yaxshilangan algoritmlariga ega. So‘nggi talqinlardagi AnTuTu ilovasida olinayotgan testlar natijalari sezilarli darajada yuqori.

Lekin, hatto yangi talqindagi benchmark ilovasida sinab ko‘rilganida ham Mi 8 maksimum 291 037 ochko olgan – bu esa Xiaomi da’vo qilayotganidan o‘n ming ballga kam. Ehtimol, bu yerda gap tezkor xotiradagi qo‘shimcha 2 gigabaytdadir.

Baribir chakkimas

Mana, AnTuTu reytingi bo‘yicha Snapdragon 845 protsessorli flagmanlarning ko‘rsatkichlariga nazar solamiz:

Nima bo‘lganda ham, Xiaomi Mi 8 hozirgacha samaradorlik bo‘yicha quyidagi smartfonlardan ustun kelyapti:

«Shunchaki biznes»mi unda?

Bir jihatga e’tibor qaratishimiz kerak: zamonaviy smartfonlarning samaradorligi faqatgina AnTuTu yoki boshqa biror benchmarkdagi ko‘rsatkichlariga qarab belgilanmaydi. Ayni ushbu test esa, kuzatuvchilarning fikricha, allaqachon tijorat mahsulotiga aylanib ulgurgan.

Bu kabi sinovlarda yuksak ko‘rsatkichlar bo‘yicha poyga hech qachon tugamasa kerak. Ammo xavotirlanarli jihati – umumiy natijalar real texnologiyalarning o‘zidan ham ko‘ra tezroq «o‘sib» boryapti. Masalan, yaqinda ko‘rsatilgan test natijasiga ko‘ra, Huawei Mate 20 modeli umuman fantastik – 356 918 ochkolik ko‘rsatkichga erishgan!

O‘QING: Yangi rekord: yilning eng tezkor smartfoni AnTuTu’da 356 918 ball to‘pladi!

Huawei kompaniyasining yutuqlaridan biri – u o‘zining mobil platformalari ustida ham ishlayotganidir. Mazkur gigantning «sun’iy ong» tizimiga ega Kirin protsessorlari ham smartfonlarining samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Darvoqe, garchi Mi 8 modeli hozircha bizga yetib kelmagan bo‘lsa-da, Xiaomi kompaniyasining boshqa ko‘plab smartfonlari rasman sotilmoqda. Jumladan, o‘zimizning «Terashop.uz» onlayn do‘konimizdan ularni naqd pulsiz to‘lov usullari orqali ham olishingiz mumkin.

O‘QING: 820 000 so‘mdan boshlangan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 11 iyun) – Terashop.uz’dagi xaridingiz O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.