Mi Band 3 «kushandasi» sotuvga chiqdi!

Mi Band 3 «kushandasi» sotuvga chiqdi!

Bir necha kun avval Xitoyda Huawei TalkBand B5 nomli sport brasletining taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu gadjet ilg‘or texnik jihatlarga ega bo‘lgani bilan ham diqqatga sazovor. Shuning uchun ham ko‘pchilik marketologlar uni Xiaomi Mi Band 3 brasletining «kushandasi» deb ham atay boshlashdi.

Bugun, 19 iyul kuni Huawei TalkBand B5 ilk marotaba sotuvga chiqarildi. Ishlab chiqaruvchi esa gadjetning bahosini rasman e’lon qildi.

O‘qing: Xiaomi Mi Band 2: 25 dollar sog‘ligingizdan o‘rgilsin!

Qo‘l devaysi uchun 1,13 dyuymli va rangli AMOLED ekran tanlangan. Ekran sensor, qo‘l boshqaruvi mavjud. Uning piksellar sig‘imi 300 ga160 piksel. Shu bilan birga, yangi gadjet foydalanuvchining jismoniy faolligini qayd etadigan ilg‘or datchiklar bilan ham ta’minlangan.

Huawei TalkBand B5 brasleti ega bo‘lgan TruSleep 2.0 funksiyasi esa foydalanuvchi uyquda bo‘lganida uning holatiga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni to‘playdi va qayta ishlaydi. Xususan, yurak urishi faoliyati bo‘yicha.

Huawei TalkBand B5 brasletining korpusi IP67 standarti bo‘yicha suvdan himoya qilingan. Ya’ni, bu trekerni qo‘ldan yechmagan holda vanna yoki dush qabul qilish mumkin. Biroq, basseynga tushish tavsiya qilinmaydi.

Huawei TalkBand B5 uchun 108 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator o‘rnatilgan. Bir marta quvvatlangach, devays 7 – 10 kun ishlaydi.

TalkBand B5 devaysidan qo‘l soati sifatida ham foydalanish mumkin. Buning uchun qurilmada hozirda bir necha siferblatlar mavjud, ishlab chiqaruvchi istiqbolda ularning sonini yanada oshirishni reja qilgan.

Qo‘l gadjetining eng arzon talqini - "Sport" deb nomlangan. Bu boshlang‘ich modelni $149 dollardan xarid qilish mumkin. Business model uchun $179 dollar so‘ralmoqda. Eng qimmat talqin Fashion bo‘lib, uning bahosi $225 dollarga yetadi.

Huawei TalkBand B5 fitnes-brasleti uch xil talqinda savdoga chiqarilgan: ulardagi yagona farq - qayish uchun ishlatilgan materialda. Qolgan jihatlari bir xil. Ya’ni, braslet bandi silikondan, metalldan hamda tabiiy teridan ishlangan bo‘lishi mumkin.

O‘qing: Amazfit Cor – Xiaomi'ning yap-yangi ko‘rkam smart-brasleti

Biroq, xulosa qilishga shoshmaylik. Huawei TalkBand B5 brasleti Xiaomi Mi Band 3 uchun «kushanda» bo‘la olmaydi. Boisi bu devays o‘z raqibidan deyarli 7 barobar qimmat. Xiaomi Mi Band 3 ayni paytda Xitoyda 25 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!