Mi Band 5 olmay turing – yanada arzon Mi Band 5 Lite va kuchli Mi Band 5 Pro ham chiqadi!

  •   DiMaX
  •  2127
  •  17.06.2020 18:49

Mi Band 5 olmay turing – yanada arzon Mi Band 5 Lite va kuchli Mi Band 5 Pro ham chiqadi!

Xiaomi yaqindagina Mi Band 5 nomli ideal smart-brasleti rasman namoyish etdi. Boshqa mamlakatlarda esa uni Mi Smart Band 5 nomi ostida, kelasi oyda taqdim qilishadi.

O‘QING: Mi Band 5’ning boshqalardan farqli 7 jihati va yangi rasmlari

Mi Wear ilovasining kodini «kavlashtirib» ko‘rgan dasturchilar esa mazkur fitnes-bilaguzukning ikkita yangicha versiyasi haqida ma’lumot topishdi. Bu – nisbatan soddalashtirilgan Mi Band 5 Lite hamda takomillashtirilgan Mi Band 5 Pro modellaridir.

Dastur kodida bu ikki versiyaning originalidan farqlari haqida ma’lumot yo‘q, faqat kuzatuvchilarning bu boradagi taxminlari bor. Jumladan, Mi Band 5 Lite modeli bu yilgi original fitnes-trekerda joriy etilgan pulsni aniqlash datchikidan mahrum bo‘lib, arzonroqqa baholanadi. Mi Band 5 Pro esa yangi imkoniyatlar bilan boyitiladi; aftidan, original modelda bo‘lishi kutilgan, ammo unga joriy etilmagan pulsoksimetr tatbiq etilsa kerak.

Ta’kidlash kerakki, Xiaomi kompaniyasi odatda fitnes-brasletlarning bunday versiyalarini chiqarmas edi. Faqat Mi Band 4’dan ham keyin – o‘tgan yilning noyabrida taqdim etilgan o‘ta arzon Mi Smart Band 3i bundan mustasno.

O‘QING: Xiaomi har soatda qancha Mi Band 4 sotilayotganini aytdi. Natija hayratlanarli!