Mi Max 4 – hali taqdim etilmagan «mobil kinoteatr»: surati, xususiyatlari, taqdimot vaqti va narxi ma’lum!

  •   DiMaX
  •  2454
  •  13.12.2018 18:17

Mi Max 4 – hali taqdim etilmagan «mobil kinoteatr»: surati, xususiyatlari, taqdimot vaqti va narxi ma’lum!

Xiaomi kompaniyasi turli smartfonlar qatorida, Mi Max turkumida fabletlar ham taqdim etib keladi. Ularning navbatdagisi – Mi Max 4 planshetofoni haqida ham ma’lumotlar chiqa boshladi.

O‘QING: Xiaomi yana bitta o‘yinbop smartfon – sirli Mi Play’ni taqdim etyapti!

iGeekPhone resursining yozishicha, Xiaomi Mi Max 4 modelining «kemtik»siz ekrani «ajdod»idagidan ko‘ra ensiz hoshiyaga ega bo‘lib, o‘lchami ham kattaroq – diagonaliga 7 dyuymlik. Shuningdek, mazkur seriyada ilk bora mana shu modelda korpusning orqa paneli shishadan qilinadi. Orqa qopqoqning yuqori chap burchagida tikka joylashgan ikki yoki uch modulli kamerasi bo‘ladi. Planshetofonning daktiloskopik datchigi esa korpusning orqa qopqog‘iga yoki yon qirrasiga joylanishi mumkin.

Mi Max 4 apparat qismining asosini hali taqdim etilmagan Snapdragon 720 protsessori tashkil etadi (Mi Max modelida – Snapdragon 636). Yangi fabletning tezkor/doimiy xotirasi esa 6/64 hamda 6/128 gigabaytlik variantlarda taqdim etilishi aytilmoqda.

O‘QING: "Mobil kinoteatr" -- Mi Max 3 taqdim qilindi!

Dekabrning boshida insayderlar tarqatgan quyidagi jadvalda Mi Max 3 hamda Mi Max 4 modellarining asosiy xususiyatlari o‘zaro taqqoslangan:

Agarda shu rost bo‘lib chiqsa, to‘rtinchi avlod fabletning asosiy kamerasi 12+12+5 megapiksellik uchta datchikdan iborat, old kamera esa 12 megapiksellik. Shuningdek, unda foydalanuvchini yuzidan tanish funksiyasi hamda NFC moduli haqida ham so‘z boradi. 6500 mA/soatlik akkumulyatori esa Mi Max 4 smartfonining yuqori darajada avtonomligini ta’minlab beradi.

Xiaomi kompaniyasi Mi Max 4 modelini 2019 yilning ikkinchi choragida, katta ehtimol bilan – may oyida taqdim etishi kutilayotir. Uning boshlang‘ich konfiguratsiyali varianti 290 dollarga narxlansa, ilg‘or modifikatsiyalisi 360 dollar bo‘lishi aytilmoqda.

Aytib o‘tish kerakki, «xitoycha Apple»ning bir qator smartfonlarini 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!