Mi Max 4 planshetofoni yangi suratlarda!

Mi Max 4 planshetofoni yangi suratlarda!

Xiaomi Mi Max lineykasi kompaniyaning boshqa smartfonlari singari chiroyli dizayn, kuchli samaradorligi bilan maqtana olmaydi. Sababi, ushbu seriyadagi qurilmalarda asosiy e’tibor katta va sifatli ekranga qaratilgan. Ma’lumotlarga qaraganda,  Xiaomi Mi Max 4 smartfonida avvalgi avlodlari singari, displeyining yuqori va quyi qismidagi romlar saqlanib qoladi. Shuningdek, ekran himoyalangan bo‘lib, kattaligi 7,2 dyumni, aniqligi 2340 × 1080 pikselni, tomonlari nisbati 21:9 ni tashkil qiladi. Ko‘zni yaxshiroq himoyalash maqsadida Samsung AMOLED ekrani tanlangan.

O‘QING: MIUI 11 tizimli Mi Max 4 fableti atigi 250 dollardan sotuvga chiqadi!

Renderlardan ko‘rish mumkinki, Xiaomi Mi Max 4 old yuqori qismidan monoblokli kamera joy olgan. Ushbu monoblokda dinamik va boshqa datchiklarga ham joy topilgan. Qurilma intellektual diafragmali (F/2.1), 16 megapiksellik selfi-kameraga ega bo‘ladi.

To‘rtinchi avlod fabletning asosiy kamerasi 24+16+12 megapiksellik uchta datchikdan iborat. Shuningdek, unda foydalanuvchini yuzidan tanish funksiyasi hamda NFC moduli haqida ham so‘z boradi. Modelning «elektron yuragi» sifatida esa Qualcomm Snapdragon 720 protsessori xizmat qiladi. Tasvirlarni tezkorlik bilan qayta ishlashda unga Adreno 616 grafik chipi ko‘makka keladi.

Boshqa xususiyatlariga keladigan bo‘lsak, qurilmaga tezkor quvvatlanuvchi 6000 mA/soatlik batareya o‘rnatilgan. Bunday katta hajmdagi batareyaga ega bo‘lganligining sababi sifatida katta ekranning ko‘p miqdorda quvvat talab qilishini keltirish mumkin. Barmoq izi skaneri oltinchi avlod turiga mansub bo‘lib, ekranning o‘zidan joy olishi ko‘zda tutilgan. Korpus materiali ham Gorilla Glass oltinchi avlod shishasidan ishlanadi va buning evaziga korpus kuchli himoyaga qobig‘iga ega bo‘ladi. Yaxshi yangiliklardan biri – 3,5 millimetrlik audiotirqish ham saqlanib qolgan.

Eng muhim jihatlardan biri – narx borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, namoyish vaqtida smartfon narxi 260 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Hozircha, smartfonning qachon taqdim qilinishi va sotuvga chiqishi noma’lum. Fikrimizcha, ushbu model bizni uzoq kuttirib qo‘ymaydi va uzog‘i bilan shu yilning qish fasliga qadar do‘kon peshtaxtalaridan joy oladi.

O‘QING: Xiaomi ertaga qaysi smartfonini ko‘rsatmoqchi?!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!