Mi MIX 2S Rossiyada ancha arzon sotuvga chiqdi

Mi MIX 2S Rossiyada ancha arzon sotuvga chiqdi

Mart oyida Xiaomi kompaniyasining Mi MIX 2S flagmani taqdim qilingan edi. U o‘zidagi kuchli protsessor, ilg‘or fotokamerasi bilan mobil sanoatda e’tirof etildi. Bugun, 6 iyun kuni ushbu apparat Rossiya hududida rasman sotuvga chiqarildi. Smartfon kutilganidan ancha arzonga baholandi.

Xiaomi Mi Mix 2S flagmani 5,99 dyuymli, IPS matritsali, tomonlari 18:9 nisbatli, sig‘imi Full HD+ (2160 x 1080 pikselli) ekranga ega bo‘lgan.

Xiaomi Mi Mix 2S flagmani uchun kuchli Qualcomm Snapdragon 845 flagman protsessori tanlangan. Shu bilan birga, 8 gigabaytli tezkor xotira smartfon imkoniyatini yanada oshiradi. Doimiy ma’lumotlarni saqlash uchun smartfonda 256 gigabaytli xotira kartasi o‘rnatilgan. microSD bo‘lmachasi orqali buni yanada kattalashtirish mumkin.

O‘qing: Xiaomi yangi smartfon taqdimotiga taklif qilmoqda

Orqa panelda barmoq izi skaneri hamda 2 ta, har biri 12 megpiksel aniqligida surat oluvchi, shuningdek optik yaqinlashtirish funksiyasi joriy qilingan bosh kamera sensorlari joylashtirilgan. Bu sensorlarning asosiysi uchun ilg‘or -- Sony IMX363 kamera moduli tanlangan. Xiaomi Mi Mix 2S devaysining old kamera ham ilg‘or va unda "sun’iy aql" texnologiyasi tatbiq etilgan bo‘lib, uning yordamida smartfonni yuz-qiyofa orqali blokirovkadan chiqarish mumkin.

Xiaomi Mi Mix 2S flagmanining akkumulyatori 3400 mA soat hajmidagi elektr quvvatni jam qiladi. Bu akkumulyatorni Quick Charge 3.0 texnologiyasi yordamida tezkor quvvatlash mumkin. Shu bilan birga, bu batareya Qi standarti bo‘yicha simsiz ham quvvat oladi. Buning uchun alohida quvvatlash stansiyasi xarid qilish kerak.

DxOMark laboratoriyasi ekspertlariga ko‘ra, Xiaomi Mi MIX 2S kamerasi sinovlarda 101 ball to‘plagan. Ya’ni, o‘zidan 2 barobar qimmat iPhone X bilan teng ball.

O‘qing: Redmi 5A 10 barobar qimmat iPhone X kabi surat olishi mumkinmi? Xiaomi'ning maqsadi shu!

Xiaomi Mi MIX 2S modelining eng arzon talqini (6/64 GB xotira) 563 AQSh dollari, yuqori (6/128 GB) talqini 610 AQSh dollaridan sotuvga chiqarildi. Smartfon imkoniyatlariga qaraganda bu -- eng maqbul narx hisoblanadi. Uning Rossiyada 600 AQSh dollaridan boshlab sotilishi kutilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi Mix 2S'ning quyi talqini (6+64 GB) Xitoyda 527 AQSh dollari, yuqori talqin esa (6+128 GB) 575 AQSh dollaridan sotilmoqda. Flagmanning joriy hafta yakunida "Malika"ga yetib kelishi kutilmoqda. Yangiliklarni bizda kuzatib boring.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.