Mi Mix 3 va Honor Magic 2’ga o‘xshash, lekin atigi 288 dollarlik Lenovo Z5 Pro rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1660
  •  12.11.2018 08:52

Mi Mix 3 va Honor Magic 2’ga o‘xshash, lekin atigi 288 dollarlik Lenovo Z5 Pro rekord o‘rnatdi!

Joriy yilning 1 noyabrida rasman taqdim etilgan Lenovo Z5 Pro – ancha qiziqarli smartfondir. Tashqi ko‘rinishidan u Xiaomi Mi Mix 3 hamda Huawei Honor Magic 2 flagmanlariga o‘xshasa-da, narxi va texnik xususiyatlari o‘rtacha.

O‘QING: Huawei’ning Xiaomi Mi Mix 3’ga javobi – 6 kamerali Honor Magic 2 slayderi chiqdi!

Kuni kecha – 11 noyabrda sotuvga chiqqan Lenovo Z5 Pro qiziqarli rekord qo‘ydi. Ya’ni, kompaniyaning e’lon qilishicha, ushbu smartfonnining ilk partiyasi bir soniyadayoq sotib tugatilgan!

Lenovo kompaniyasi ushbu partiyada nechta smartfon sotilganini aniq aytmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 500 000 dan oshiq smartfonga oldindan buyurtma rasmiylashtirilgan ekan.

Aytish kerakki, Lenovo Z5 Pro – ayni paytda eng arzon smartfon-slayder hisoblanadi. To‘g‘ri, texnik jihatlariga ko‘ra u Xiaomi va Huawei’ning shunday form-faktorli flagmanlari bilan bellasha olmaydi. Ammo imkoniyatlari va narxi mutanosibligiga ko‘ra ulardan o‘zib ketgan, desak ham adashmaymiz. Zero, uning tezkor xotirasi 64 gigabaytlik varianti 288 dollarga, 128 gigabaytlik talqini esa 330 dollarga baholangan.

O‘QING: Ilk partiyasi bir daqiqadayoq sotib tugatilgach, Xiaomi Mi Mix 3 keskin qimmatlab ketdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!