mib.uz saytida ijro harakatlari interaktiv davlat xizmati tizimi joriy etiladi

  •   DiMaX
  •  950
  •  13.03.2019 18:02

mib.uz saytida ijro harakatlari interaktiv davlat xizmati tizimi joriy etiladi

Endilikda qarzni onlayn tarzda to‘lash va ijro hujjati bajarilganligini qayd etish mumkin bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi rasman xabar bergan.

O‘QING: Davlat xizmatlari agentligi ochiq ma’lumotlar platformasini ishga tushirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 martda «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan mib.uz veb-saytida bepul asosda ijro harakatlari interaktiv davlat xizmati tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim orqali, jumladan, Internet tarmog‘i orqali undiruvchi va qarzdor tomonidan ijro harakatlari borishini barcha bosqichlarini kuzatish, shuningdek, qarzni onlayn tarzda to‘lash va ijro hujjati bajarilganligini qayd etish mumkin bo‘ladi. Mazkur tizimdan my.gov.uz portali orqali ham foydalanish imkoniyati ham yaratiladi.

Bundan tashqari qarorga muvofiq quyidagilar joriy etiladi:

  • MIBga shartnoma-vositachilik asoslarida sotishga topshiriladigan mol-mulkni internet-do‘konlar, jumladan, mobil ilovalar, elektron to‘lov tizimlari orqali sotish tartibi;
  • bir oy muddatda davlat bojlari, ma’muriy jarimalar va boshqa to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda internet orqali to‘lash bo‘yicha davlat xizmati;
  • uch oy muddatda ma’muriy jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi. Bunda jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizi ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda qolgan summani to‘lashdan ozod etish nazarda tutiladi.

O‘QING: Nega dasturchilar davlat ishlaridan qochishadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!