Microsoft Apple'ni quvib o'tdi

Microsoft Apple'ni quvib o'tdi

Ko'p yillar avval odamlarda kompyuter uchun veb-brauzer tanlashda turli xil variantlar mavjud bo'lmagan, ular shunchaki Microsoft'ning Internet Explorer yoki Apple'ning Safari brauzerini ochib, o'z ishlarini qilganlar. Lekin bugunga kelib barchasi keskin o'zgargan va bozorda har xil funksiyalarga ega yangi raqobatchilar paydo bo'lgan, bo'lganda ham Google'ning Chrome brauzeri kabi bozorning uchdan ikki qismini egallab turganlar bor.

Microsoft'ning Internet Explorer brauzeri o'z davrining eng zo'ri bo'lgan edi, lekin u tez orada barcha kompyuterlarni tark etadi, uning o'rnini esa yangi Microsoft Edge egallagan va u ham o'z ajdodida izidan ketmoqda. Edge brauzeri o'tgan yilning aprelida kompyuter uchun brauzerlar bozorining 7.96 foizini egallab dunyodagi uchinchi eng mashhur brauzer bo'lgan edi. Bu yilga kelib esa uning bozor ulushi 10.07 foizga yetdi va bu bilan Apple'ning Safari brauzerini quvib o'tib, global miqyosda ikkinchi eng taniqli brauzerga aylandi.

 

Manba: StatCounter Global Stats - Browser Market Share

Apple'ning Safari'si esa bir yil ichida aks natijani qayd etgan: o'tgan yil aprelida 9.85% bozor ulushiga egalik qilgan bo'lsa, bu yilning aprelida bu ko'rsatkich 9.61 foizga tushgan. Birinchi o'rinni esa hech shubhasiz Chrome brauzeri egallab turibdi va uning bugungi kundagi bozor ulushi 66.58 foizni tashkil qiladi.

O'zbekistonda ham Edge brauzeri foydalanuvchilari sezilarli darajada ko'paygan. Quyidagi jadvaldan ko'rish mumkinki, u o'tgan yili to'rtinchi o'rinni egallab turgan Firefox brauzeridan o'tib ketib, uning o'rnini egallangan, ammo Safari foydalanuvchilari hali ham unikidan biroz ko'proq. Ikkinchi o'rinni Yandex brauzer egallab turgan bo'lsa, birinchi o'rinni shubhasiz Chrome band qilgan.

 

Manba: StatCounter Global Stats - Browser Market Share

O'QING: Microsoft'dan tekin VPN

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!