Microsoft dasturchilar uchun yirik resurs – GitHub’ni xarid qildi

  •   Saroy
  •  1059
  •  02.08.2018 11:01

Microsoft dasturchilar uchun yirik resurs – GitHub’ni xarid qildi

So‘nggi besh yilda Amerikaning  Microsoft korporatsiyasi amalga oshirgan turli xaridlari bilan mashhur bo‘lmoqda. Masalan, u yaqinda Mojang o‘yin studiyasini sotib oldi. Kuni kecha esa,  u dunyodagi eng yirik IT korporatsiyasi dasturchilar uchun yirik  resurs hisoblangan  GitHub’ni xarid qildi.

Bloomberg nashri o‘z manbalariga tayanib yozishicha,    Microsoft yaqinda GitHub’ni xarid qilgani haqida rasman e’lon qiladi. GitHub resursidan dunyoning millionlab dasturchilar foydalanib kelishadi. 

O‘QING:Microsoft’ning OS Android’da ishlaydigan smartfonlari qanday bo‘ladi?

Oldi-sotti summasi oz emas, ko‘p emas, naq 5 milliard dollar. Taqqoslash uchun, bundan uch yil avval ushbu servis atigi 2 milliard dollarga baholangan edi.  Hozircha GitHub’ni nima qiladi noma’lum, ammo  Microsoft ushbu resursni sotib oldimi, demak uni shunchaki yopib yubormasa kerak. 

So‘nggi paytlari Microsoft o‘z maqsadlari uchun GitHub’dan  faol foydalanmoqda. Shu bois ushbu xizmatning xarid qilinishi hech kimni ajamlantirmasligi lozim.

Shuni ham ta’kidlash joizki,   GitHub xizmatidan yolg‘iz  Microsoft korporatsiyasi foydalanmaydi, balki boshqa ko‘plab IT kompaniyalar ham foydalanib kelishadi. Ular orasida  Google, Samsung, Xiaomi va boshqa ko‘plab kompaniyalar bor. Satya Nadella Microsoft rahbari bo‘lgandan keyin,  korporatsiya  Windows 10 platformasiga tobe’likdan xalos bo‘lishga urinib keladi. 

O‘QING:Microsoft’dan mish-mishlar: Xbox konsolining bir yo‘la ikki versiyasi tayyorlanmoqda

Shu bois, mana necha yildirki, IT kompaniya kros-platformali loyihalarga umid bog‘lamoqda. Chunki ularda kirish kodlari ochiq va smartfonlar, planshetlar, kompyuter va noutbuklarda ham turli operatsion tizimlarda foydalanish mumkin. Korporatsiya   GitHub’ni sotib olgandan keyin, ushbu loyihalarga yanada ko‘proq dasturchilarni jalb etishni ko‘zlamoqda. Ular keyinchalik   korporatsiyada doimiy asosda ishlay boshlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!