Microsoft: dunyo bo‘ylab 400 mln qurilma Windows 10 dasturida ishlamoqda

Microsoft: dunyo bo‘ylab 400 mln qurilma Windows 10 dasturida ishlamoqda

Windows 10 operatsion tizimi taqdimotida Microsoft 2018 yilga kelib mazkur OT asosida 1 milliarddan ortiq qurilma ishlashini ma’lum qilgan edi. Biroq so‘nggi paytlarda e’lon qilingan statistikalar Microsoft kompaniyasining yuqoridagi prognozi kutilganidan sekin amalga oshayotganini ko‘rsatmoqda. Bunga sabab qilib Windows 10 dasturida ishlaydigan smartfonlarning ommabop emasligi aytilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, Windows 10 asosidagi qurilmalar soni kundan-kunga ortib bormoqda.  Oxirgi hisobotlarga ko‘ra, mazkur versiyadagi qurilmalar miqdori 400 milliondan oshgan. Misol uchun iyul oyida Windows 10 dasturidagi qurilmalar 350 mln atrofida bo‘lgan.

5P3Rt9wd7QW4GkB6rtKchkBRLemfkS

Microsoft’ning xabar qilishicha, Windows 10 versiyasi Windows 7 dasturiga qaraganda 115%ga tezroq ommalashmoqda. Biroq Redmond kompaniyasining mazkur tasdiqlariga qaramay, statistik ko‘rsatkichlar foydalanuvchilar Windows 10 dasturiga kutilganidan sekin yangilanayotganlarini isbotlamoqda. Misol uchun 2016 yil iyulgacha bir oyga o‘rtacha 30 mln qurilma dasturga yangilangan bo‘lsa, keyingi oylarda ushbu ko‘rsatkich 16,6 mln tushib ketgan. Agar jarayon ana shu sur’atda  davom etsa, 2018 yilga borib 800 mln qurilma Windows 10 versiyasida ishlashi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!