Microsoft kompaniyasi Office 2021’ni taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  988
  •  20.02.2021 17:29

Microsoft kompaniyasi Office 2021’ni taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi ofis ilovalari to‘plamining yangi talqini – Office 2021’ni taqdim etdi. Bu haqda «The Verge» nashriga tayanib Xabar.uz yozmoqda.

O‘QING: Endi Word, Excel va PowerPoint bitta ilovada

Xuddi Office 2019 talqinida bo‘lgani kabi, «korobka» talqini obuna bo‘lishni istamaganlar uchun mo‘ljallangan. Yangi paketga muddatsiz litsenziya bir martalik to‘lov orqali qo‘lga kiritiladi.

Office 2021 ikki shaklda chiqariladi: iste’molchilar hamda korporativ foydalanuvchilar (LTSC) uchun uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash huquqi bilan. Ammo LTSC muddati endi avvalgidek yetti yil emas, besh yil.

Office Professional Plus, Office Standard va korporativ mijozlar uchun alohida ilovalar narxlari 10 foizga qimmatlashgan, foydalanuvchilar va kichik biznes uchun Office 2021 narxi o‘zgartirilmagan.

Windows va macOS uchun ilovalarning yangilangan to‘plami shu yilning ikkinchi yarmida chiqadi. To‘plamdan Word, Excel, PowerPoint hamda OneNote’ning 32 va 64 razryadli talqinlari o‘rin oladi.

 «Yangi ofis»ning barcha imkoniyatlarini Microsoft hozircha ochiqlagan emas.

O‘QING: Talabaga kerak bo‘lgan 9 bepul ilova

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!