Microsoft kutilmaganda 350 dollarlik Surface Headphones «aqlli» quloqchinini taqdim etdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  266
  •  03.10.2018 13:42

Microsoft kutilmaganda 350 dollarlik Surface Headphones «aqlli» quloqchinini taqdim etdi! (+video)

Asosan dasturiy ta’minot mahsulotlari va turli gadjetlari bilan mashhur bo‘lgan Microsoft korporatsiyasi Surface brendi ostida kutilmagan devays yaratdi. Bu – Surface Headphones deb nomlanuvchi, «sun’iy aql» bilan ta’minlangan quloqchindir.

O‘QING: Apple’dan avval: Huawei simsiz quvvat oladigan quloqchin chiqarmoqda

Surface Headphones quloqchini 40 millimetrlik dinamiklarga ega. Unga shovqinni bostirish texnologiyasi hamda Microsoft Cortana ovozli yordamchisi joriy etilgan. «Aqlli» quloqchinni egasi qulog‘idan yechganida, u avtomatik tarzda musiqa ijrosini to‘xtatib turadi. Yana qulog‘iga taqib olishi bilan ijro kelgan joyidan davom etadi.

O‘ng kosachadagi doirasimon shaklli boshqaruv unsuri orqali tovushning balandligi sozlanadi. Chap tomonidagisi esa shovqinni bostirish darajasini sozlashga mo‘ljallangan. Uning yordamida 30 dB.gacha faol va 40 dB.gacha nofaol shovqinni bostirish mumkin. Jami 13 darajali shovqinni bostirish tizimi mavjud. Quloqchinga shovqinni bostirish va ovozni tanish uchun sakkizta mikrofon o‘rnatilgan.

O‘QING: AirPods "kushandasi" -- MEIZU simsiz audio-quloqchinni taqdim etdi

Surface Headphones turli qurilmalarga Bluetooth orqali ham, 3,5 millimetrlik tirqish orqali ham ulana oladi. Simsiz rejimda uning ishlash davomiyligi 15 soatga borishi e’lon qilingan.

Mana, ushbu quloqchinga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videolavhani tomosha qilamiz:

Microsoft mazkur devaysini shu yilning oxirida, 650 dollardan sotuvga chiqaradi. Aytish kerakki, bu – quloqchinlar uchun belgilangan eng yuqori narx emas.

O‘QING: LG smartfoni xaridorlariga – 500 dollarlik quloqchin sovg‘a!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!