Microsoft kutilmaganda Windows 1.11’ni taqdim etdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1323
  •  09.07.2019 10:50

Microsoft kutilmaganda Windows 1.11’ni taqdim etdi! (+video)

Bundan bir hafta avval Microsoft kompaniyasi butkul yangilangan Windows 1.0 operatsion tizimini namoyish etishini e’lon qilgandi. O‘shanda ko‘pchilik buni Netflix kompaniyasining Stranger Things («G‘alati narsalar») seriali uchinchi mavsumining reklamasi deya taxmin qilgandi.

O‘QING: Microsoft kompaniyasi 50 milliondan ziyod Windows 10 foydalanuvchilarini ogohlantirdi

Aytish kerakki, 1985 yili taqdim etilgan Windows 1.0 hatto operatsion tizim darajasida ham bo‘lmasdan, MS-DOS uchun ustqurma tarzidagi dasturiy ta’minot edi.

Microsoft kecha chindan ham shu taqdimotini o‘tkazdi, ammo bu dasturiy ta’minot kutilganidan boshqacharoq bo‘lib chiqdi. Ya’ni, Windows 1.11 ham to‘laqonli operatsion tizim bo‘lmasdan, Stranger Things serialining reklama kampaniyasi doirasida ishlab chiqilgan ilova ekan.

Mana, quyidagi videoda uni birga tomosha qilamiz:

Windows 1.11 dasturini Microsoft kompaniyasining rasmiy onlayn-do‘konidan yuklab olish imkoni mavjud. Lekin u original Windows 1.0 tizimida ishlab ko‘rganlarda nostalgik tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin, xolos. Qolganlar – yangi avlod vakillari esa uning eskichaligi va grafikasidan hayratga tushishsa ajabmas.

Dasturda klassik Paint va Terminal ilovalari, shuningdek, yangi eksklyuziv kontent ham mavjud.

O‘QING: Bill Geyts o‘zining Microsoft rahbari sifatidagi eng katta xatosini tan oldi