Microsoft o‘z xatosini tan olib, Windows 10 yangilanishini to‘xtatdi

  •   DiMaX
  •  669
  •  06.10.2018 16:28

Microsoft o‘z xatosini tan olib, Windows 10 yangilanishini to‘xtatdi

Ommabop Windows 10 operatsion tizimi uchun navbatdagi yirik yangilanishni e’lon qilgan Microsoft korporatsiyasi qiyin ahvolga tushib qoldi. Foydalanuvchilar ushbu apdeyt tufayli jiddiy muammolar yuzaga kelganini aytishgan.

O‘QING: Windows 10 yangilandi, ammo uni o‘rnatmang – fayllaringizni o‘chirib yuboradi!

Bularning natijasida Microsoft jamlanma raqami 1809 bo‘lgan Windows 10 October Update apdeytining tarqatilishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 

Bu haqdagi Microsoft bayonotida, jumladan, shunday deyiladi:

«Biz o‘z mijozlarimiz uchun Windows 10 October 2018 Update (1809-versiya) tarqatilishini to‘xtatdik. Chunki yangilanishdan so‘ng foydalanuvchilarning ayrim fayllari yo‘qolib qolayotganligi haqidagi hisobotlarni o‘rganmoqdamiz».

Demak, Microsoft o‘z operatsion tizimining navbatdagi yangilanishini chiqarishini kutishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan klaviatura kombinatsiyalari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.