Microsoft tovush chiqarmaydigan ovozli buyruqni aniqlaydigan texnologiya ustida ish olib bormoqda

  •   Saroy
  •  384
  •  17.10.2018 13:03

Microsoft tovush chiqarmaydigan ovozli buyruqni aniqlaydigan texnologiya ustida ish olib bormoqda

Microsoft ovozli kiritishning yangi interfeysi ustida ish olib bormoqda, u foydalanuvchilarga ovoz chiqarmasdan turib buyruqni berish va audioga yozib olish imkonini beradi.

SilentVoice nomli modul so‘zlarni aytganda og‘izdan chiqadigan havoni tahlil qiladi va atrofdagilarga halaqit bermasdan ovozni yozadi. Bundan tashqari, modul hatto faol tashqi shovqin sharoitida ham ovozni tiniq yozish uchun, atrofdagi tovushlarni filtrdan o‘tkazadi.

Qurilmani, masalan smartfonni og‘izga yaqinlashtirib, ovozli xabarni yozib olish mumkin hamda ovozli buyruq ham berishingiz mumkin. SilentVoice bunday buyruqlarni 98,8 foiz aniq farqlay oladi. Shuningdek, telefonda pichirlab gaplashsa ham bo‘ladi.

O‘QING:Nohalol kurash: Microsoft ochiqchasiga Google Chrome’ga qarshi chiqa boshladi

Texnologiya hali ham ishlab chiqarish jarayonida turibdi, shu bois barcha jihatlarini tushunib olish hozircha mushkul, lekin loyiha yaqinda yakuniga yetishi mumkin. O‘shanda foydalanuvchilarga ovozni yozib olishi va smartfonda hech kimga halaqit bermasdan, suhbatining tafsilotlarini oshkor qilmasdan gaplashishi mumkin bo‘ladi.

O‘QING:Microsoft dasturchilar uchun yirik resurs – GitHub’ni xarid qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!