Microsoft’ning bepul videodarslari bilan Python dasturlash tilini o‘rganing!

  •   DiMaX
  •  2565
  •  23.09.2019 13:51

Microsoft’ning bepul videodarslari bilan Python dasturlash tilini o‘rganing!

Qiziquvchan yoshlar ko‘pligi bois, ular uchun dasturchi bo‘lishning 6 yo‘li, shuningdek, dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami haqida ma’lumotlar berganmiz. Endi esa sizlarni Microsoft yaqinda e’lon qilgan videodarslar to‘plami bilan tanishtirmoqdamiz.

O‘QING: Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova + bonus!

IEEE Spectrum ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda Python – eng ommabop dasturlash tilidir; undan keyin esa Java, C, C++ hamda R kabilar keladi. Shuni hisobga olib, Microsoft aynan Python tilini o‘rganishni istaganlar uchun kichik videokurs tayyorlagan.

Mazkur kurs 44 ta qisqa videodarslarni o‘z ichiga oladi; ularning davomiyligi 2 daqiqadan 12 daqiqagacha. Videokurs «allaqachon boshqa, masalaan – JavaScript yoki MakeCode kabi dasturlash tillarida ozroq tajribaga ega bo‘lgan» boshlovchi koderlarga mo‘ljallangan va tabiiyki, ingliz tilida tayyorlangan.

Mazkur kursni o‘zlashtirganlar Python asoslari haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lib, qo‘shimcha kitoblar, qo‘llanmalar va boshqa ta’limiy materiallar yordamida ushbu dasturlash tiliga qiyinchiliksiz kirishib keta olishlari ko‘zda tutilgan.

O‘QING: Dasturchilarning maoshi qancha?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!