Milliard foydalanuvchilarga ega ikkinchi brauzer

Milliard foydalanuvchilarga ega ikkinchi brauzer

Brauzerlar bizni Internetning istalgan qismiga ulanishimizda va turli xil kodlar bilan yozilgan sahifalardagi ma'lumotlarni ekranimizda sodda va chiroyli ko'rinishida yordam beradi. Hozirgi kunda eng mashhur brauzer Google kompaniyasining Chrome dasturi bo'lsa, endilikda undan keyingi o'rinda Safari brauzeri turadi.

Atlas VPN jamoasi tomonidan olib borilgan izlanishlarga ko'ra, bugunga kelib Apple tomonidan ishlab chiqarilgan va avtomatik tarzda barcha iPhone va Mac qurilmalariga o'rnatilgan Safari brauzeri foydalanuvchilari soni 1,006,232,879 dan oshgan. Bu butun internet foydalanuvchilarining 19.16 foizi bo'lib, endi Safari milliarddan ortiq foydalanuvchilarga ega dunyodagi ikkinchi brauzer hisoblanadi.

 

Safari 1 milliardlik marraga endigina erishgan bir paytda o'zining sodda va tushunarli dizayni bilan Chrome brauzeri undan 3 karra ko'proq: 3.3 milliard odamlarni o'ziga jalb qilgan. Shuningdek, YouTube, Google Drive, Docs, Maps kabi veb-ilovalar bilan Google o'zining onlayn xizmatlari ekotizimiga ega va bu Chrome brauzeridan foydalanish uchun yana bir katta sabab bo'lishi mumkin.

Milliarddan ortiq foydalanuvchilarga ega brauzerlardan keyin Microsoft Edge va Mozilla Firefox mos ravishda keyingi o'rinlarda turishadi. Windows 11'ni chiqarganidan keyin Microsoft kompaniyasi o'zining yangi avlod brauzerini xuddi avvalgisidek eng zo'ri qilishga kuchli kirishgan ko'rinadi, so'nggi paytlarda uning yangi funksiyalari ko'pchilikni o'ziga tortmoqda va hozirda undan 212 million odam foydalanadi.

Mozilla'ning boshqa brauzerlardan ko'ra ko'proq maxfiylikka asoslangan Firefox brauzeri esa 179 million foydalanuvchilar bilan dunyodagi to'rtinchi eng mashhur brauzer o'rnini band qilgan.

Samsung kompaniyasining har bir Galaxy smartfonlari va planshetlariga o'rnatilgan Samsung Internet brauzeri ham anchagina taniqli bo'lib qolgan va uning foydalanuvchilari soni bugungi kunda salkam 150 milliontani tashkil qiladi.

Shuningdek, taniqli Opera brauzeri ham hozirda 100 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega.

O'QING: Instagram'ga ko'pchilik kutgan funksiya qo'shilyapti