Ming dollarlik Galaxy Note 9 qimmatmi? 57 ming dollarligi ham bor, bir kilo sof oltindan!

  •   DiMaX
  •  2924
  •  17.08.2018 18:43

Ming dollarlik Galaxy Note 9 qimmatmi? 57 ming dollarligi ham bor, bir kilo sof oltindan!

Samsung kompaniyasi 9 avgustda o‘zining Galaxy Note 9 fabletini namoyish etgandi. Uning boshlang‘ich – 128 gigabayt xotirali modeli uchun 999,99 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan.

O‘QING: Galaxy Note 9 taqdim qilindi: Samsung'ning eng kuchli va qimmat smartfoni

O‘tgan yilgi modelidan unchalik ham katta farqi bo‘lmagan Galaxy Note 9 uchun 1000 dollarlik narx qimmatlik qilsa kerak. Ammo uning maxsus premial talqinlarini bundan ham yuqori narxlarga xarid qilishga tayyor kishilar bor. Aynan shunday toifadagi iste’molchilar uchun mashhur Caviar brendi bu smartfonning lyuks versiyasini taqdim etdi.

O‘QING: Putin jamoasi uchun maxsus shohona iPhone X va Nokia 3310 yaratishdi

Shu paytgacha o‘ta qimmatbaho, eksklyuziv iPhone’larni taqdim etib kelayotgan Caviar o‘z rekordlarini ham yangiladi: Galaxy Note 9 Fine Gold talqini uchun ko‘p ham, kam ham emas – 57 ming AQSh dollari so‘rayapti.

Bekorga emas-da: mazkur smartfonning har biri uchun naq bir kilogramm sof oltin sarflangan! Bu yerda endi hatto «lyuks» so‘zi ham kamlik qilsa kerak...

O‘QING: Nokia 3310 tilladan tayyorlandi

Darvoqe, oltin quymasi ko‘rinishidagi smartfondan tashqari, Caviar ustalari Galaxy Note 9’ning alligator terisi qoplangan, yaxlit qora oniksli hamda Rossiya gerbi tushirilgan tillali modellarini ham taklif etishmoqda.

Xullasi kalom, agarda shuncha pulga Galaxy Note 9 Fine Gold xarid qilishni istovchilar bo‘lsa, mana bu havola orqali unga hozirdanoq oldindan buyurtma berishlari mumkin.

O‘QING: To‘yga to‘yona bilan: yanada qimmatbaho iPhone X sotuvga chiqadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!