MIUI 14 yangilanishini barqaror versiyada tarqatish boshlandi!

MIUI 14 yangilanishini barqaror versiyada tarqatish boshlandi!

Xiaomi o'zining smartfonlari uchun Android 13'ga asoslangan MIUI 14 yangilanishini joriy oy boshida Xitoyda taqdim qilgan edi. Ma'lum bo'lishicha, kompaniya endi proshivkaning barqaror versiyasini tarqatishni boshlagan.

Xiaomi 12S seriyasi: Xiaomi 12S, Xiaomi 12S Pro va Xiaomi 12S Ultra smartfonlari Xitoyda proshivka versiyasi 14.0.2.0.TLACNXM bo'lgan, 5.7 GB hajmdagi MIUI 14 yangilanishini qabul qilmoqda. Xiaomi 12S smartfonlari Xitoy uchun eksklyuziv ekanligini hisobga olsak, yangilanish faqat Xitoy hududida tarqatilmoqda. Ta'kidlash joizki, kompaniya MIUI 14 versiyasini global bozor uchun rasman taqdim qilmagan, ammo, bu 2023-yil boshida sodir bo'lishi kutilmoqda.

Samsung kabi Xiaomi ham o'z smartfonlari uchun dasturiy ta'minot yangilanishlarini bosqichma-boshqich yuboradi. Shunday ekan, qolgan Xiaomi smartfonlari uchun ham tez orada Android 13 yangilanishini chiqariladi.

MIUI 14 yangilanishini yanada soddalashtirilgan dizayn, bosh ekran uchun "uy hayvoni", smartfonga ichki o'rnatilgan ilovalarnii o'chirib tashlash imkoni, o'chirilgan reklamalar va boshqa o'zgarishlarni o'z ichiga oladi.

O'QING: Nubia Z50 smartfoni Snapdragon 8 Gen 2 bilan taqdim qilindi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!