Mobil Chrome’ni reklama oynalarini bloklashga o‘rgatamiz

  •   DiMaX
  •  1120
  •  27.01.2018 14:49

Mobil Chrome’ni reklama oynalarini bloklashga o‘rgatamiz

Google o‘zining Android operatsion tizimiga mo‘ljallangan Chrome 64 talqinidagi brauzerini uzoq vaqt sinovdan o‘tkazdi va nihoyat foydalanuvchilarga taqdim etdi. Ilova birmuncha takomillashtirilgan va yangi qulayliklarga ega.

O‘QING: Google Chrome endi saytlarning ovozini o‘chirishga qodir

Jumladan, yangilangan veb-brauzer avtomatik tarzda boshqa saytlarga o‘tkazib yuboradigan qalqib chiquvchi reklama oynalarini bloklashi ham mumkin. Xabaringiz borki, bunday oynalar boshqa kontentni ko‘rib chiqayotgan payti foydalanuvchining g‘ashiga tegib, chalg‘itib turadi. Chalg‘itishdan tashqari, qalqib chiquvchi oynalar aksariyat hollarda mobil qurilmalar foydalanuvchilari uchun jiddiy xavf ham tug‘diradi. Aynan ular bank ma’lumotlarini o‘g‘irlovchi, yashirin tarzda kriptovalyuta mayning qiluvchi ziyonkor kodlarni yuklab olishi mumkin. Google Chrome orqali ularni bloklash evaziga esa xavfdan ham xalos bo‘lasiz, yana smartfoningiz resurslarini ham tejaysiz.

Ammo boshlang‘ich sozlamalariga ko‘ra Google Chrome brauzerida mazkur funksiya faollashtirilmagan. Uni yoqish usuli ham sal o‘zgacharoq – ilovaning o‘z sozlamalaridan faollashtira olmaysiz.

Xullasi kalom, Android-smartfondagi Chrome ilovasida qalqib chiquvchi oynalarni bloklashni o‘zingiz sozlashingiz mumkin. Buning uchun brauzerni ochib, uning manzil qatori (adresnaya stroka)ga quyidagi buyruqni nusxalab olib tashlaysiz:

chrome: // flags / # enable-framebusting-needs-sameorigin-or-usergesture

Shunda ochilgan menyuda qalqib chiquvchi oynalarni cheklash opsiyasini faollashtirib qo‘ysangiz bas – internet kengliklarida bemalol sayr etishingiz mumkin.

Ehtimol, ayni damda Google mazkur yangi funksiyani hali sinovdan o‘tkazayotgandir, shu bois undan foydalanishni vaqtincha cheklab turgan bo‘lishi, u ayrim modellardagi qurilmalarda ishlamasligi ham mumkin. Biroq baribir sinab ko‘rishga arziydi.

Yangilangan Chrome ilovasini Google Play katalogidan mana bu havola orqali bepul o‘rnatib olishingiz mumkin.

O‘QING: Android uchun eng tezkor brauzer tanlaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!