Mobil ilova orqali tanishining kartasini «ship-shiydon» qilgan quvalik ushlandi

  •   DiMaX
  •  393
  •  28.09.2020 09:00

Mobil ilova orqali tanishining kartasini «ship-shiydon» qilgan quvalik ushlandi

24 sentyabr kuni Quva tumanida yashovchi fuqaro I.E., tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda bayon etilishicha, fuqaroga tegishli bank plastik kartasi hisobidan 2.135.625 so‘m miqdoridagi pullar yechib olingan, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Click bilan «qiliq qilgan» shovotlik «shovvoz» qo‘lga tushdi

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro I.E., tanishi 28 yoshli N.Yu., bilan birgalikda ziyorat vaqtida, 2020 yilning 7 sentyabr kunidan 10 sentyabr kuniga qadar mobil ilova orqali N.Yu., o‘zining telefon raqamiga I.E.,ning plastik karta raqamlarini kiritib, 2.135.625 so‘mni yechib olishga erishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandi (o‘g‘irlik) bilan qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘QING: Kartadan-kartaga pul o‘tkazishning 50% arzon yo‘lini bilasizmi?