Mobil operatorni UZREPORT TV sudga berdi

  •   DiMaX
  •  1192
  •  25.05.2021 09:45

Mobil operatorni UZREPORT TV sudga berdi

«Unitel» MChJ («Beeline» savdo belgisi) kompaniyasi o‘ziga tegishli bo‘lgan Beeline TV mobil ilovasida UZREPORT TV bilan shartnoma tuzmasdan UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini namoyish qilib, moddiy manfaat ko‘rib kelmoqda. Shu sababli UZREPORT TV telekanali mazkur kompaniya ustidan ariza bilan sudga murojaat qildi.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

«Unitel» MChJ mazkur harakatlari bilan UZREPORT TV telekanalining qonuniy huquqlarini buzmoqda, deb yozadi Xabar.uz nashri.

UZREPORT TV tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, «Unitel» MChJ kompaniyasi yuqorida ko‘rsatilgan xatti-harakatlarini bartaraf etish yuzasidan chora ko‘rmadi.

Suddan UZREPORT TV «Unitel» MChJ kompaniyasi «Beeline TV» mobil ilovasida UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini shartnoma tuzmasdan namoyish etmaslikni so‘ragan.

Ma’lumot uchun:

UZREPORT TV (FUTBOL TV) futbol bo‘yicha Yevropaning bir qator milliy chempionatlari (APL, La liga, Italiya A seriyasi), Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, shuningdek, Jahon va Yevropa chempionati kabi bir qator musobaqalarning O‘zbekiston bo‘ylab eksklyuziv translyasiya huquqi egasi hisoblanadi.

O‘QING: Futbol ishqibozlari uchun yettita ajoyib ilova

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!