Motorola’dan bir yo‘la to‘rtta smartfon: hammasi o‘rta toifada

  •   Saroy
  •  529
  •  05.10.2018 17:43

Motorola’dan  bir yo‘la to‘rtta smartfon: hammasi o‘rta toifada

Mashhur insayder Evan Blass (Evan Blass) Twitter’dagi akkaunti orqali  Xitoyning Lenovo kompaniyasiga qarashli Motorola brendi ostida kelgusida  chiqarilayotgan smartfonlar lineykasi bilan tanishtirdi.

Manbada aytilishicha,  Lenovo 2019 yilda Moto G seriyasida bir yo‘la to‘rtta modelni chiqarishi mumkin. Moto G7 Standard’ga qo‘shimcha ravishda Moto G7 Play, Moto G7 Plus va Moto G7 Power versiyalari chiqadi. Hozircha ushbu smartfonlar haqida ma’lumotlar ko‘p emas. Lekin  Power deb  nomlangan versiyalari kuchli akkumulyatorga ega bo‘ladi.

O‘QING:Endi “egiluvchan” smartfon bo‘lib: afsonaviy buklama Motorola RAZR qaytmoqda

Bundan avvalgi tarqalgan xabarlarga ko‘ra, standartli Moto G7 ulkan 6,4-dyuymli displey, 12-megapikselli old kamera va 16+5 Mp bo‘lgan ikkitalik asosiy kamera bilan  jihozlanadi. Shuningdek, sakkizyadroli Qualcomm Snapdragon 636 protsessorga ham ega bo‘ladi. Tezkor xotirasi 4 GB va ichki xotirasi 64 GB. Shuningdek, akkumulyatorning sig‘imi 3500 mAch. Smartfon Android 9 Pie operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Moto G7 seriyasining rasmiy debyuti kelasi yil fevral oyida Barselonada bo‘lib o‘tadigan  MWC 2019 ko‘rgazmasida  yoki biroz keyinroq bo‘ladi.

O‘QING:Motorola P30 smartfoni anonsiga bir kun qolganda oshkor etildi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!