Motorola’dan yangi smartfon: qanday nom oladi?

  •   Saroy
  •  1020
  •  21.06.2018 11:19

Motorola’dan yangi smartfon: qanday nom oladi?

Yaqin kunlarda Motorola  iPhone X’dagiga o‘xshatib,  ekranining tepa qismi qirqmali ilk smartfonini namoyish qilishga hozirlanmoqda. Bu Motorola One Power bo‘lib, Android One (ya’ni, hech bir qobiqlarsiz,  haqqiy Android’da) dasturida ishlaydi. Mana nihoyat, tarmoqlarda qurilmaning “jonli” suratlari paydo bo‘ldi. Suratlar smartfonning dezayni haqidagi avvalgi mish-mishlarni tasdiqlamoqda.

Suratda  Motorola One Power  iPhone X’ga o‘xshab ketadi. U ham asosiy qo‘sh kamerali bo‘lib, kamerasi chapdagi yuqori burchakda vertikal  holatda joylashgan.

Lekin barmoq izlari skaneri, yangi smartfonlar lineykasi bo‘lgan Moto E5’dagiga o‘xshab orqa panelda, ishlab chiqaruvchining logotipi ostida joylashgan.

O‘QING: Motorola One Power bozorda o‘z o‘rnini topishga hozirlik ko‘rmoqda

Insayderlarning tarqatgan xabarlariga qaraganda, Motorola One Power Full HD+ formatidagi  6-dyuymli displeyga ega bo‘ladi. Qurilma shuningdek, protsessor, Snapdragon 636, 6 GB tezkor xotira, 64 GB ichki xotira, 16-megapikselli old kamera bilan ta’minlanadi. Qolaversa, qurilmaning asosiy kamerasi  16 va 5 Mp moduli bilan, akkumulyatorining sig‘imi esa, 3780 mAch bo‘lishi kutilmoqda.

Motorola’ning ushbu yangi “mo‘jizasi”  yaqin bir ikki oyda taqdim etiladi, deyiladi xabarda. Faqat, uning nomi qanday ataladi? Bu borada kompaniya hozircha sukut saqlamoqda. Shunga qaramay, ekspertlarning fikricha, yangi smartfon  sotuvga Motorola One Power, Motorola One, Moto One yoki Moto One Power nomi ostida chiqarilishi mumkin.

Qurilmaning ehtimoliy narxi 400 dollar. Qizig‘i shundaki, “toza” Android’da ishlaydigan  Moto X4 ham 400 dollar turadi.

O‘QING: Moto Z3 Play tavsifi va Motorola’ning dasturiy afzalliklari ma’lum bo‘ldi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!