Motorola o‘zining smart-kolonkasini chiqarmoqda. Nokia qarab turarmidi

  •   Saroy
  •  886
  •  18.08.2018 15:39

Motorola o‘zining smart-kolonkasini chiqarmoqda. Nokia qarab turarmidi

Motorola ham o‘zining Google Mini yoki Amazon Echo kolonkalariga o‘xshagan  “aqlli” kolonkasini chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. AndroidPure nashri ushbu qurilma bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘quvchilari bilan baham ko‘rdi.

Tashqi tomondan Motorola kolonkasi Google Home va  HomePad qurilmalarini eslatadi. Korpusi plastikdan yasalgan. O‘zining «dumoloqligi» sababli qurilma ovozni barcha tomonga yo‘naltira oladi.

Kolonka ARM Cortex-A53 bazasidagi protsessor boshqaruvida ishlaydi, Bluetooth va Wi-Fi ham bor. Qolaversa, u “aqlli” uylarda boshqa qurilmalarni ham boshqara oladi.

O‘QING:Meizu 16 taqdimotida Meizu Gravity kolonkasi ham namoyish qilinadi

Kolonka qanday ovozli yordamchi bilan ta’minlanishi oshkor etilmayapti. Biroq u II-assestent bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Uning imkoniyatlari ham Amazon’ning Alex’idagidek bo‘ladi, ya’ni vertual yordamchi musiqani qo‘shishi, qo‘ng‘iroq qilishi, yangiliklarni o‘qishi, ob-havo haqida gapirishi, internetdan kerakli ma’lumotni topishi, taymerni belgilashi mumkin.

Bundan tashqari, bolalar rejimi ham bor. Apparat bolalar buyrug‘ini eshitsa bolalar rejimiga o‘tadi. Shu bilan birga qidiruv so‘rovlari aktivatsiyasi filtrlanadi va yoshi kichkinalar uchun maxsus kontent paydo bo‘ladi: ertaklar va bolalar qo‘shiqlari.

O‘QING:Huawei uchta smart-kolonka taklif etmoqda

Kolonkaning diametri 90 mm va og‘irligi  280 gramm. Anons qilinadigan kuni va taxminiy narxi aytilmayapti.

Yana bir tarqalgan mish-mishga qaraganda HMD Global kompaniyasi ham o‘zini kolonka chiqaruvchilar safida ko‘rishni rejalashtirgan va Nokia brendi osita smart-kolonka chiqarmoqchi. Bu haqda Xitoydagi  ijtimoiy tarmoqlardan biri  Weibo saytida ma’lum qilindi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.