Motorola P30 smartfoni anonsiga bir kun qolganda oshkor etildi

  •   Saroy
  •  711
  •  15.08.2018 17:23

Motorola P30 smartfoni anonsiga bir kun qolganda oshkor etildi

Motorola’ning Xitoydagi saytida Motorola P30 smartfonining tavsifi e’lon qilindi, qurilma hozircha ishlab chiqaruvchi tomonidan rasman taqdim etilmagandi. Umuman, ushbu xabar anchayin erta tarqatildi va tezda jamoatchilik ko‘zidan darhol olib qo‘yildi. Shunga qaramay, xabar internet tarmoqlari orqali yashin tezligida tarqalib ketdi.

O‘QING:Motorola One smartfoni oq rangda namoyish qilindi

Motorola P30  mazkur kompaniyaning qirqma displeyli ilk smartfoni hisoblanadi, u ham  iPhone X stilida chiqadi. Qurilma 6,2-dyuymli, tamonlari nisbati 19:0 bo‘lgan displey bilan ta’minlangan, asosiy qo‘sh kamerasi  16+5 Mp. Apparatning ishlashini Qualcomm Snapdragon 636 protsessori ta’minlaydi, u 6 GB tezkor va 64 yoki 128 GB ichki flesh-xotiraga ega. Qolaversa? kartochka kengligi  128 GB bo‘lish ehtimoli ham bor. Akkumulyatori 3000 mAch sig‘imga ega.

Ikkita SIM-karta, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 5, GPS + GLONASS bilan qo‘llab quvvatlangan. Yangi apparatning razmeri  155,8 x 75,9 x 8,9 mm’dan iborat,  og‘irligi esa 170 gramm. Smartfon  Android 8.1 Oreo operatsion tizimda ishlaydi.

Motorola P30, P30 Play va P30 Note’ning rasmiy debyuti 2018 yil 15 avgustga belgilangan.

O‘QING:Motorola One Power bozorda o‘z o‘rnini topishga hozirlik ko‘rmoqda