Naq to‘qqizta tarifda daqiqa, SMS va megabaytlar limitlari cheksizgacha oshirildi!

  •   DiMaX
  •  3563
  •  13.01.2021 17:43

Naq to‘qqizta tarifda daqiqa, SMS va megabaytlar limitlari cheksizgacha oshirildi!

Ucell uyali aloqa operatori kuni kecha 32 ta saytga bepul kirish muddatini uzaytirgan edi. Endi esa u «Special» tizimidagi barcha tarif rejalarida limitlarni yangilaganini e’lon qildi.

O‘QING: Cheksiz internetgacha taklif etuvchi to‘rtta yangi tarif rejasi chiqdi!

Ushbu tarif rejalarida 2021 yil 13 yanvardan boshlab O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar hamda SMS-xabarlar, shuningdek, internet-trafik limitlari oshirilgan. Quvonarlisi – bunda abonent to‘lovi o‘zgarishsiz qolgan!

Operatorning ta’kidlashicha, ushbu jadvalda ko‘rsatilgan o‘zgarishlar 13 yanvar kuni, soat 10:00 dan keyin tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining navbatdagi yechilishida amalga kiritiladi.

«Special» tizimidagi tarif rejalari, ularning taqdim etilish shartlari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali Ucell rasmiy saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Atigi 2021 so‘mga 2021 megabayt, O‘zbekiston bo‘yicha 2021 daqiqa va 2021 SMS oling!