NASA uchun g‘aroyib dvigatel namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  598
  •  07.09.2018 12:21

NASA uchun g‘aroyib dvigatel namoyish qilindi

NASA uchun ionli dvigatel yaratayotgan Aerojet Rocketdyne kompaniyasi yangi mahsulotini  ilk test sinovidan o‘tkazdi.

U  AEPS (Advanced Electric Propulsion System) deb nomlangan ionli dvigateldir.  Dvigatel raketaqurilishi sohasida inqilob yasashi kerak. Yangi qurilmaning quvvati avvalgilaridan ancha ko‘p. Aerojet Rocketdyne dvigatelining birinchi namunasi quvvatini 13 kVt gacha oshira oladi; keyinchalik kompaniya mutaxassislari quvvati 50 kVt bo‘lgan  dvigatel yaratmoqchi.

O‘QISh:Yupiterda suv bor ekan

Hozircha mutaxassislar dvigatelning ayrim tizimlarini testdan o‘tkazishdi. NASA’ning tadqiqotlar markazi maxsus kameralarida  zaryadlarni uzatish va quvvatni taqsimlash bloklari ko‘zdan kechirildi. Sinovlarning navbatdagi bosqichi to‘laqonli dvigatel yaratishdan iborat bo‘lib, magnit maydonining generatsiyasi moduli yaratiladi.

Aerojet Rocketdyne’dagilar test natijalarini juda yaxshi baholashdi va ishonch bilan qilayotgan ishlari eng yirik koinot dasturlarini ham hayotga joriy qilishda yordam beradi, deyishmoqda. «Raketa dvigatellarini yaratishda eng ilg‘or kompaniya maqomiga ega bo‘lib, biz nafaqat odamning Oyga qayta qo‘nishiga, balki Marsni o‘zlashtirishiga ham yordam beramiz», — deydi kompaniya rahbari Eylin Dreyk. 

O‘QING:Olimlar Oy yuzasida muz borligini isbotlashdi