Navbatdagi Galaxy ham Android 10'ga o‘tyapti

Navbatdagi Galaxy ham Android 10'ga o‘tyapti

Samsung o‘zining o‘rta toifa smartfonlariga yangi Android 10 operatsion tizimini jo‘natishda yeng shimarib ishlamoqda.

O‘tgan hafta quyi toifa Galaxy J6 smartfoni yangi tizimga o‘tishni boshlagan bo‘lsa, endi yangi OT Galaxy A30s'ga ham kelmoqda.

Android 10 yuzasida One UI 2.0 qobig‘i bo‘lib, qurilmaning xavfsizlik darajasi mart oyigacha ko‘tariladi. Yangilanish versiyasi — A307FNXXU2BTD1. Apdeyt Afg‘oniston, Iroq, Laos, Liviya, Malayziya, Filippin, Rossiya, Tayvan, Vetnam va BAA davlatlariga jo‘natilmoqda. Har galgidek, yangilanish tez orada boshqa davlatlarga ham yetib kelishini kutib qolamiz.

Yuqoridagi skrinshotdan ham ko‘rinib turganidek, yangilanish hajmi 1.5GB. Agar sizga hali yangilanish bildirishnomasi kelmagan bo‘lsa, Sozlamalar > Dastur yangilanishi oynasiga o‘tib, OTA'ni yuklab, o‘rnatib oling.

O‘QING: MIUI 12'ga ilk nigoh

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.