Nihoyat, Apple Card kredit kartalari bozorga chiqdi.

Nihoyat, Apple Card kredit kartalari bozorga chiqdi.

Mart oyida Apple o‘zining shaxsiy kredit kartasini taqdim etgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha kompaniyaning chegaralangan sondagi mijozlari Apple Card’ga buyurtma berishga muvaffaq bo‘lishgan.  

Shu bilan birga manba muallifining aytishicha, uning o‘zi bir necha kun avval Apple'ning virtual kartasiga ega bo‘lgan. Buyurtmani tasdiqlash uchun esa bor yo‘g‘i bir daqiqa ketgan.  

Kartaning ilovasi bir ajoyib xislatga ega: foydalanuvchi xarajatlari kategoriyasiga qarab, ilovadagi karta turli ranglarga o‘zgarib boradi.

Кредитная карта Apple Card стала доступна пользователям

Eslatib o‘tamiz, Apple Card egasi jismoniy kartadan foydalanganda 1 foiz, Apple Pay’dan foydalanganda 2 foiz, kompaniyaga tegishli servis hamda do‘konlardan foydalanganda esa 3 foiz keshbekka ega bo‘ladi. Shu bilan birga ushbu karta orqali kriptovalyutalar, lotereya biletlari va kazino fishkalari sotib olib bo‘lmaydi. Hozircha kartani faqat AQShda rasmiylashtirish mumkin. 

O‘QING: Xiaomi Card: bekorga kompaniyani «Xitoycha Apple» deyishmaydi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!