Nihoyat, Apple rasman iPhone 12 va boshqa gadjetlar taqdimotini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2024
  •  09.09.2020 14:03

Nihoyat, Apple rasman iPhone 12 va boshqa gadjetlar taqdimotini e’lon qildi

Kupertinolik kompaniya, nihoyat, bu yil kuzgi rasmiy namoyishiga taklif etdi. Unga ko‘ra, taqdimot marosimi 15 sentyabr kuni Apple Park kampusida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Apple Park'da xodimlardan tushlikka pul olish Stiv Jobsning orzusi bo‘lgan (muhim sabab bor)

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan ushbu tadbir onlayn tarzda bo‘lib o‘tishi va «jonli» tarzda translyasiya qilishini kutilmoqda. Yoki marosimni oldindan yozib olib, o‘sha kuni e’lon qilishlari ehtimoli ham bor. Nima bo‘lganda ham, o‘sha kuni uni mana bu havola orqali kuzatish imkoni yuzaga keladi

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida endi #AppleEvent heshtegi bilan birga avtomatik raishda korporatsiya logotipi paydo bo‘lyapi. Hashtag Browser servisi ma’lumotlariga ko‘ra, uni 8 sentyabr kuni joriy etishgan va 28 sentyabrda o‘chiriladi.

Apple o‘sha tadbirida aynan nimalarni namoyish etishini aytmayapti, fanatlar esa eng ko‘p to‘rtta modeldagi iPhone 12 smartfonlarini kutishmoqda. Shuningdek, taqdimotlar ro‘yxatida Apple Watch Series 6 aqlli soati, iPad Air plansheti, AirTag breloki, AirPower simsiz quvvatlash stansiyasi hamda Apple HomePod kolonkasi ham bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Endi bor-yo‘g‘i 350 dollarga yap-yangi iPhone olish mumkin bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!