Nihoyat, Galaxy Note 10 taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi (+video)

  •   DiMaX
  •  1420
  •  02.07.2019 10:40

Nihoyat, Galaxy Note 10 taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi (+video)

Janubiy koreyalik texnogigant navbatdagi planshetofonlarini namoyish etadigan sanani insayderlar aytishgan. Shuningdek, ulardan birining ilk «jonli» suratlarini kuni kecha e’lon qilganmiz.

O‘QING: Galaxy Note 10 hamda Note 10 Pro taqdimot kuni aniq, lekin ular allaqachon hafsalani pir qildi

Nihoyat, Galaxy Note 10 smartfonlarining taqdimot kunini Samsung o‘zi boyagina rasman aytdi. Kompaniya ushbu yangi mahsulotlariga bag‘ishlangan birinchi rasmiy tizer videoroligini Twitter mikrobloglar ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi:

Mazkur tizer Galaxy Note 10 smartfonlarining ikkita asosiy xususiyatini ham tasdiqlagan. Bular – mazkur turkumning barcha vakillarida mavjud bo‘lgan S Pen stilusi hamda old kameraning ekran tirqishiga joylanishidir.

Kompaniyaning shu kungacha savdoga chiqqan ayrim telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Apple yetarlicha iPhone sotolmagani uchun Samsung’ga yuz milliard jarima to‘lashi kerak... Qanaqasiga!?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!