Nihoyat, hamyonbop Galaxy A11 taqdim qilindi, lekin...

  •   DiMaX
  •  12353
  •  14.03.2020 09:44

Nihoyat, hamyonbop Galaxy A11 taqdim qilindi, lekin...

Samsung kompaniyasi o‘rta narx toifasidagi Galaxy A11 smartfonini rasman namoyish etdi. Aniqrog‘i – buning uchun maxsus tadbir uyushtirmasdan, hozircha faqat o‘z rasmiy saytida bu modelning xususiyatlarini e’lon qildi.

O‘QING: 2020 yilning eng bestseller smartfonlaridan biri mana shu hamyonbop model bo‘ladi!

Galaxy A11 diagonaliga 6,4 dyuymlik Infinity-O displey bilan jihozlangan, uning tasvir aniqligi HD+ formatida (720x1560 piksellik). Ekranning yuqori chap burchagida ochilgan tirqishga 8 megapiksellik kamera o‘rnatilgan.

Smartfonning orqa panelida uch modulli: 13 + 5 + 2 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga olgan bosh kamera hamda barmoq izi skaneriga ko‘zimiz tushadi. Samsung bu modelning maksimal 1,8 Gs takt chastotasida ishlovchi 8 yadroli protsessor bazasiga qurilganini aytgan, ammo uning aynan qaysi chipset ekanligi noma’lum.

O‘QING: Arzon va hamyonbop Samsung smartfonlari ishqibozlariga xushxabar bor!

Xaridorlar xohishlariga ko‘ra Galaxy A11 smartfonini 3 yoki 2 gigabayilik tezkor xotiraga ega variantini tanlashlari mumkin bo‘ladi. Har ikkala holatda ham doimiy xotira hajmi 32 gigabaytga teng. Shuningdek, unda 512 gigabaytgacha hajmli MicroSD xotira kartasi uchun slot mavjud.

Galaxy A11 akkumulyatori 4000 mA/soatlik bo‘lib, 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi.

Gadjetning korpusi o‘lchamlari 161,4x76,3x8 millimetrga teng, vazni esa 177 grammni tashkil etadi. Samsung uni to‘rt xil – qora, oq, ko‘k va qizil rangli korpuslarda taklif etadi. Lekin, afsuski, Galaxy A11 narxi ham, bozorga chiqish sanasi ham hozircha ma’lum qilinmagan.

O‘QING: Samsung ham Redmi Note 9 Pro Max narxida «avtonomlik monstri»ni sotuvga chiqardi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!