Nihoyat, rasmiy Clubhouse ilovasi Android-smartfonlarga ham chiqdi!

  •   DiMaX
  •  427
  •  11.05.2021 11:12

Nihoyat, rasmiy Clubhouse ilovasi Android-smartfonlarga ham chiqdi!

Ushbu yilning boshidan trendga chiqqan Clubhouse ijtimoiy tarmog‘idan xabaringiz bor – unda faqat ovozli xabarlar orqali muloqot qilinadi. Yaqindagina unda foydalanuvchilar pul ishlab olishi mumkin bo‘lgan funksiya joriy etilgan edi.

O‘QING: Yangi trend: Clubhouse qanday ijtimoiy tarmoq?

Clubhouse mobil kliyenti boshida faqat iOS platformasi uchun taqdim etilgan edi. Endi esa uning Android-versiyasi ham yaratildi va Google Play ilovalar do‘koniga joylandi.

Skrinshotlariga qaraganda, «yashil robotchali» tizim uchun yaratilgan Clubhouse ilovasining interfeysi ham kliyentning iOS-versiyasidan aytarli farq qilmaydi.

Ilovani mana bu havola orqali o‘rnatib olish mumkin, ammo Clubhouse tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish shartlari o‘zgarmagan. Ya’ni, unga a’zo bo‘lishingiz uchun sizga ushbu tarmoq a’zolaridan biri taklifnoma jo‘natishi lozim.

O‘QING: Bill Geyts qovun tushirdi: qaysi mobil operatsion tizimni yaxshi ko‘rishini boshqa tizimli qurilmasida aytdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.