Nihoyat, Samsung qayishqoq displeyli buklama smartfon taqdimotiga taklif etyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  852
  •  23.10.2018 13:14

Nihoyat, Samsung qayishqoq displeyli buklama smartfon taqdimotiga taklif etyapti! (+video)

Janubiy koreyalik kompaniya dasturchilar uchun Samsung Developer Conference konferensiyasi taklifnomasini e’lon qildi. Ushbu anjuman 2018 yilning 7 va 8 noyabr kunlari San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Samsung Galaxy X: koreyaliklar inqilobiy buklama smartfonning taqdimot kuni va hatto narxini ham aytishdi!

Taklifnomada Samsung o‘zining eng kutilayotgan mahsuloti – qayishqoq ekranli buklanuvchi smartfoniga ham ishora qilgan. Uni mana bu havola orqali o‘tib, Twitter tarmog‘ida tomosha qilishingiz mumkin.

Quyida esa ushbu Galaxy X smartfoni render tarzida aks ettirilgan lavhani birga tomosha qilamiz:

Mazkur gadjet yoyilgan holida planshet sifatida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Samsung Galaxy X – smartfon korpusidagi to‘laqonli planshet!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!