Nihoyat, Xiaomi prezidenti Mi Mix 3’ni «jonli» ko‘rsatdi va taqdimot vaqtini aytdi!

  •   DiMaX
  •  2315
  •  03.09.2018 13:43

Nihoyat, Xiaomi prezidenti Mi Mix 3’ni «jonli» ko‘rsatdi va taqdimot vaqtini aytdi!

«Xitoycha Apple»ning shu kunlarda katta qiziqish bilan kutilayotgan navbatdagi smartfoni – Mi Mix 3 flagmanidir. Ushbu gadjet keyingi bir yil ichida smartfonsozlikda erishilgan deyarli barcha innovatsion yutuqlarni o‘zida jamlashi mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3: eng innovatsion flagman yangi «jonli» suratlarda!

Xiaomi Mi Mix 3 yaqinda Xitoy Sanoat vazirligida sertifikatsiyadan o‘tganligidan xabaringiz bor. Kuni kecha esa korporatsiya prezidenti Bin Lin (Bin Lin) kutilmaganda bu devaysning suratini e’lon qildi. Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida bu rasmni chiqarar ekan, uning oktyabrda rasman taqdim etilishini ham aytgan.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, Xiaomi Mi Mix 3 old panelini «kemtik»siz displey deyarli butkul egallagan. Qo‘sh modulli selfi-kamera hamda tegishli datchiklar esa ekran paneli ortidagi – yuqoriga surilib chiquvchi modulda joylashtirilgan.

Hozirgacha ma’lum bo‘lishicha, uchinchi avlod Mi Mix smartfoni 2K sifatli AMOLED-ekran, yakka kristalli Snapdragon 845 protsessori, 8 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotira bilan ta’minlanadi.

Xiaomi’ning bir qator rusumlardagi smartfonlari esa yurtimizda ham rasmiy kafolat bilan savdoga chiqarilgan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining yangilangan narxlari – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi! (2018 yil 25 avgust)