Nokia 200 megapikselli smartfon bilan kambek qilmoqchi

Nokia 200 megapikselli smartfon bilan kambek qilmoqchi

Smartfonlar davri boshlanganidan keyin, Nokia brendi ko'pchilikning e'tiboridan qolib ketgan edi, lekin kompaniyaning yangi flagmani unga mobil qurilmalar bozoridagi o'z o'rnini qaytarishda yordam berishi mumkin.

Nokia N73 renderi. Muallif: Mydrives.com

Gap Nokia'ning yangi N73 nomli smartfoni haqida ketmoqda. Yaqinda xitoyliklar tomonidan tarqatilgan renderlardan ko'rish mumkinki, yangi flagman zamonaviy ko'rinish va bugungi kun smartfonlari kamera dizayni an'anasini buzgan holda qurilmaning chap orqa tomoni yuqorisida joylashgan beshta kamera sensorlariga ega bo'ladi, shuningdek, kameralarni o'z ichiga qoplama ham g'alati dizaynda bo'lib, u beixtiyor oshxona pichog'ini eslatib yuboradi.

Nokia N73'ning 200 MP kamerasi. Muallif: Mydrivers.com

Asosiy kamera sensori ham, aytish mumkin bo'lsa, qo'shimcha kameralardan ikki barobar kattaroqligi bilan e'tiborni tortadi. Ma'lum bo'lishicha, u Samsung tomonidan ishlab chiqariladigan, hozirgacha hali hech qaysi smartfonda foydalanilmagan HP1 - 200 megapikselli sensori bilan jihozlanadi.

Afsuski, smartfon haqidagi boshqa ma'lumotlar mavjud emas va uning qachon chiqarilishi ham hozircha noma'lum.

O'QING: Galaxy Z Flip raqobatchisi jonli suratlarda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!